Tavsiya
Birinchi navbatda nimani tadqiq qilasiz?
Hammamiz ham shaxsiy tadqiqqa ko‘p vaqt ajrata olmaymiz. Xo‘sh, bunga ajratadigan vaqtdan qay yo‘sin unumli foydalana olamiz? Avval, o‘qish uchun yetarlicha vaqt ajrating. Ko‘p ma’lumotni shoshib o‘qigandan ko‘ra, ozroq ma’lumotni puxta tadqiq qilish ko‘proq foyda keltiradi.
So‘ng nimani birinchi navbatda tadqiq qilishingiz kerakligini aniqlang. (Efes. 5:15, 16) Quyidagi tavsiyalarga e’tibor qarating:
Muqaddas Kitobni har kuni o‘qing. (Zab. 1:2) Hafta o‘rtasida o‘tadigan uchrashuvda o‘qiladigan boblarni o‘qishdan boshlasangiz bo‘ladi.
«Qo‘riqchi minorasi» tadqiqi va hafta o‘rtasida o‘tadigan uchrashuvga tayyorlaning. Sharh tayyorlang. (Zab. 22:22)
Vaqtingiz bo‘lsa, jurnallar, videolar va jw.org saytidagi ma’lumotlar kabi boshqa ma’naviy ozuqani iste’mol qiling.
Sizni qiziqtiradigan mavzu bo‘yicha izlanish o‘tkazing. Siz duch kelayotgan muammo, paydo bo‘lgan savol yoki yaxshiroq tushunmoqchi bo‘lgan Muqaddas Kitobdagi biron mavzu bo‘yicha izlanish o‘tkazarsiz. Variantlarni ko‘rish uchun jw.org saytidagi «Muqaddas Kitob tadqiqi uchun topshiriqlar» bo‘limini ko‘rib chiqing.