Dunyoni aslida kim boshqaryapti?
Siz shunday o‘ylashingiz mumkin:
-
Alloh
-
insoniyat
-
boshqa kimdir
MUQADDAS KITOBDA NIMA DEYILGAN?
«Butun dunyo... Shaytonning hukmidadir». (1 Yuhanno 5:19, «Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»)
«Xudoning O‘g‘li... Iblisning ishlarini barbod qilish niyatida kelgan». (1 Yuhanno 3:8)
BU SIZ UCHUN NIMANI ANGLATADI?
Dunyodagi muammolarning mantiqiy yechimi. (Vahiy 12:12)
Dunyomiz yaxshi tomonga o‘zgarishiga ishonish. (1 Yuhanno 2:17)
MUQADDAS KITOBDA YOZILGAN NARSALARGA ISHONISHIMIZ MUMKINMI?
Albatta, buning kamida uchta sababi bor:
-
Shaytonning boshqaruvi halokatga uchraydi. Tangri Yahova Shaytonning insoniyat ustidan boshqaruviga chek qo‘yishga qaror qilgan. U Iblisning ishlarini barbod qilishni va’da berib, Shayton yetkazgan barcha zararni to‘laligicha qoplaydi. (Ibroniylarga 2:14)
-
Xudo dunyo ustidan boshqarish uchun Iso Masihni tanladi. Iso bu dunyoning shafqatsiz va xudbin hukmdoridan butunlay farq qiladi. Masihning boshqaruvi borasida Xudo quyidagi va’dani bergan: «Xokisor va kambag‘alga joni achiydi... Jabr-zulmdan ularni xalos qiladi». (Zabur 72:13, 14)
-
Alloh yolg‘on gapirmaydi. Muqaddas Kitobda aniq aytilgan: «Xudo aslo yolg‘on gapirmaydi». (Ibroniylarga 6:18) Tangri Yahova biron-bir narsani va’da qilganda, albatta buni amalga oshiradi! (Ishayo 55:10, 11) «Bu dunyoning hokimi tashqariga haydab chiqariladi». (Yuhanno 12:31)
BU HAQDA O‘YLAB KO‘RING
Hozirgi hukmdor yo‘q qilinganidan so‘ng dunyo qanday bo‘ladi?
Bu savolning javobini Muqaddas Kitobning ZABUR 37:10-, 11- va VAHIY 21:3-, 4- oyatlaridan topasiz.