3-DARS
Muqaddas Kitobga ishonsangiz bo‘ladimi?
Muqaddas Kitobda ko‘p va’dalar va maslahatlar yozilgan. Balki unda nimalar yozilgani bilan qiziqayotgandirsiz. Shu bilan birga, ehtimol, hayiqayotgandirsiz. Ushbu qadimiy kitobdagi va’dalarga hamda maslahatlarga ishonsangiz bo‘ladimi? Hozir va kelajakda zavqlanib yashash haqida Muqaddas Kitobda yozilgan va’dalar haqiqat ekaniga ishona olasizmi? Millionlab insonlar ishondi. Sizni ham uni tadqiq qilib ko‘rishga taklif etamiz.
1. Muqaddas Kitobda yozilganlar faktmi yoki afsonami?
Muqaddas Kitobda «haqiqat so‘zlari» aniq qilib yozilgan. (Voiz 12:10) Undagi voqealar yuz bergan va unda tilga olingan odamlar chindan ham yashagan. (Luqo 1:3; 3:1, 2 ni o‘qing.) Muqaddas Kitobdagi muayyan sanalar, odamlar, joy nomlari va hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumot aniq ekanini ko‘p tarixchi-yu arxeologlar tasdiqlamoqda.
2. Nega Muqaddas Kitobni eskirmagan deb ayta olamiz?
Muqaddas Kitob ko‘p jihatdan o‘z vaqtidan ilgarilab ketgani tasdiqlanmoqda. Masalan, unda ilmiy mavzular ko‘tarilgan. Bu mavzulardagi ancha ma’lumotga ko‘pchilik ishonmasdi. Biroq zamonaviy ilm-fan Muqaddas Kitobdagilar aniq ekanini tasdiqlayapti. Darhaqiqat, Muqaddas Kitob «hozir va toabad — hamisha mustahkam turadi». (Zabur 111:8)
3. Nima uchun kelajak borasida Muqaddas Kitobda yozilganlarga ishonishimiz mumkin?
Muqaddas Kitob «hali yuz bermagan narsalarni oldindan» bashorat qilgan *. (Ishayo 46:10) Unda keltirilgan ko‘plab tarixiy voqealar sodir bo‘lishidan ancha oldin aniq karomat qilingan. Qolaversa, u yerda dunyoning hozirgi ahvoli haqida ikir-chikirigacha batafsil aytilgan. Bu darsda Muqaddas Kitobdagi ba’zi bashoratlarni ko‘rib chiqamiz. Ularning aniqligi kishini hayratda qoldiradi.
KO‘PROQ BILIB OLING
Muqaddas Kitob zamonaviy ilm-fan bilan qay yo‘sin uyg‘un ekanini hamda unda keltirilgan bir nechta yorqin bashoratni tadqiq qiling.
4. Muqaddas Kitob ilm-fan bilan uyg‘un
Qadimda aksariyat odamlar yer nimaningdir ustida turadi, deb o‘ylagan. VIDEONI tomosha qiling.
Taxminan 3 500 yil oldin Ayub kitobida nima deyilganiga e’tibor bering. Ayub 26:7 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:
-
Nega yer bo‘shliqga osib qo‘yilgani haqidagi fikr kishini hayratga soladi?
Odamlar yer yuzida suvning aylanishini taxminan 200 yil avval yaxshiroq tushundi. Biroq taxminan 3 500 yil oldin Muqaddas Kitobda nima deyilganiga e’tibor bering. Ayub 36:27, 28 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:
-
Suvning aylanishi haqidagi ma’lumot borasida qanday fikrdasiz?
-
Hozir o‘qigan oyatlar Muqaddas Kitobga bo‘lgan ishonchingizni oshirdimi?
5. Muqaddas Kitobda muhim voqealar bashorat qilingan
Ishayo 44:27–45:2 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:
-
Bobil qulashidan 200 yil oldin Muqaddas Kitobda nimalar batafsil bashorat qilingan?
* 539 yili qo‘lga olganini tarix tasdiqlamoqda. Ular shaharni himoya qiladigan daryoning yo‘nalishini o‘zgartirgan. Ular ochiq qolgan shahar darvozalaridan kirib, uni jangsiz qo‘lga kiritgan. Mana, 2 500 yildan oshiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham Bobil hanuzgacha vayronagarchilikda. Muqaddas Kitobda qanday bashorat aytilganiga e’tibor bering.
Fors shohi Kir va uning qo‘shini Bobil shahrini mil. avv.Ishayo 13:19, 20 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:
-
Bobil bilan nima sodir bo‘lgani ushbu bashoratning amalga oshganini qay yo‘sin tasdiqlayapti?
6. Hozirgi voqealar Muqaddas Kitobda bashorat qilingan
Muqaddas Yozuvlarda bizning paytimiz «oxirzamon» deb ataladi. (2 Timo‘tiyga 3:1) Muqaddas Kitobda bu payt haqida nima bashorat qilinganiga e’tibor bering.
Matto 24:6, 7 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:
-
Muqaddas Kitobga ko‘ra, oxirzamon nimasi bilan ajralib turadi?
2 Timo‘tiyga 3:1–5 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:
-
Muqaddas Kitobga binoan, oxirzamonda ko‘plarning xulqi va nuqtai nazari qanday bo‘ladi?
-
Bu yerda sanab o‘tilganlardan qaysi birini ko‘rgansiz?
BA’ZILARNING FIKRI: «Muqaddas Kitobda ertak va afsonalar yozilgan».
-
Aynan qaysi dalildan Muqaddas Kitob ishonchli ekanini ko‘ryapsiz?
XULOSA
Tarix, ilm-fan va bashoratlarning bari Muqaddas Kitobga ishonishingiz mumkinligini ko‘rsatyapti.
Takrorlash
-
Muqaddas Kitobda faktlar yozilganmi yoki afsonalarmi?
-
Qaysi ayrim sohalarda Muqaddas Kitob ilm-fan bilan uyg‘un?
-
Sizningcha, Muqaddas Kitobda kelajak borasida bashorat qilinganmi? Nega bunday deb o‘ylaysiz?
QO‘SHIMCHA MANBALAR
Muqaddas Kitobda ilm-fan borasida xatolar bormi?
«Oxirzamonga» oid qanday dalillar bor?
«Amalga oshayotgan oltita bashorat» («Qo‘riqchi minorasi» 1-may, 2011)
Yunoniston imperiyasi to‘g‘risidagi Muqaddas Kitob bashoratlari amalga oshganini bilib oling.
Muqaddas Kitobdagi bashoratlar bir kishining bu kitob borasidagi nuqtai nazarini o‘zgartirganiga diqqat qarating.
^ 9- x.b. Bashoratlar Xudoning kelajakda yuz beradigan voqealar to‘g‘risidagi xabarlardan iborat.
^ 25- x.b. Mil. avv. «miloddan avvalgi» va mil. «milodiy» degani.