Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Iso payg‘ambar kabi...

Iso payg‘ambar kabi...

RAHM-SHAFQATLI BO‘LING

Mukammal inson sifatida Iso ko‘pchilik odamlar duch kelgan og‘riqlar-u qiyinchiliklarni boshdan kechirmagan. Shunga qaramay, u odamlarning dardiga sherik bo‘la olardi. Iso o‘zini boshqalarga bag‘ishlagan, ya’ni ular uchun keragidan ortig‘ini qilishga tayyor bo‘lgan. Ha, rahm-shafqat uni boshqalarga yordam berishga undagan. 32-, 37-, 57- va 99-boblarni o‘qiyotib bu haqda mulohaza yuriting.

KO‘NGLI OCHIQ BO‘LING

Turli yoshdagi kishilar, yosh-u qari Isoning oldiga bemalol kela olgan. Chunki u o‘zini juda band yoki muhim odam qilib ko‘rsatmagan. Iso ularning har biriga samimiy qiziqish ko‘rsatgani uchun, odamlar uning oldida o‘zini erkin his qilishgan. 25-, 27- va 95-boblarni o‘qiyotib bunga e’tibor bering.

DOIM IBODAT QILING

Iso doim Otasiga astoydil ibodat qilgan. Ba’zan yolg‘iz o‘zi, ba’zan esa Xudoning boshqa sodiq xizmatchilari davrasida. U nafaqat ovqat paytida, balki boshqa ko‘p vaziyatlarda ham ibodat qilardi. Iso Otasiga minnatdorchilik bildirish va Uni sharaflash uchun hamda muhim qarorlar chiqarishdan oldin Undan yo‘l-yo‘riq olish niyatida ibodat qilardi. 24-, 34-, 91-, 122- va 123-boblarda keltirilgan misollarni ko‘rib chiqing.

FIDOYI BO‘LING

Gohida Iso qattiq charchab dam olishga ehtiyoj sezgan bo‘lsa-da, boshqalar uchun o‘z istaklarini qurbon qilgan. U boshqalarni o‘zidan ustun qo‘ygan. Bu borada u bizga ajoyib o‘rnak ko‘rsatgan. Unga qanday taqlid qilishimiz mumkinligi haqida 19-, 41- va 52-boblarda bilib oling.

KECHIRIMLI BO‘LING

Iso nafaqat boshqalarni kechirish kerakligi haqida ta’lim bergan, balki o‘zi ham shogirdlarini va boshqa odamlarni kechirgan. 26-, 40-, 64-, 85- va 131-boblarda o‘qiyotib bu haqda mulohaza qiling.

G‘AYRATLI BO‘LING

Aksariyat yahudiylar Masihni qabul qilmasligi va dushmanlari uni o‘ldirishi haqida oldindan bashorat qilingan edi. Shu bois, Iso o‘zini ayab hammasini nomiga qilishi mumkin edi. Ammo u haq topinishni g‘ayrat bilan qo‘llab-quvvatlagan. Befarqlik va hatto qarshilikka duch kelayotgan barcha izdoshlariga Iso g‘ayrat bobida o‘rnak ko‘rsatgan. 16-, 72- va 103-boblarda o‘qing.

KAMTAR BO‘LING

Iso ko‘p sohalarda, xususan bilim va donolik borasida nomukammal insonlardan ustun bo‘lgan. Mukammal bo‘lgani uchun u jismoniy va aqliy qobiliyatlarga ega edi va unga hech kim teng kela olmasdi. Shunday bo‘lsa-da, u kamtarlik bilan boshqalarga xizmat qilardi. 10-, 62-, 66-, 94- va 116-boblarda buning isbotini topishingiz mumkin.

SABRLI BO‘LING

Havoriylar va boshqa odamlar unga taqlid qilmaganda yoki aytganlari bo‘yicha yo‘l tutmaganda Iso hamisha sabrli bo‘lgan. Ular Yahovaga yaqinlashishi uchun zarur bo‘lgan saboqlarni u sabr ila takrorlagan. 74-, 98-, 118- va 135-boblardan Isoning sabri haqida bilib oling.