16-DARS
Ijobiy bo‘lish
Ayub 16:5
MAQSAD. Diqqatni muammoga emas, balki uning yechimiga va tinglovchilarni harakatga undaydigan fikrlarga qarating.
AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI
-
Tinglovchilarga ijobiy nuqtai nazar bilan qarang. Imondoshlaringiz Yahovani mamnun qilishni istashiga ishoning. Hatto maslahat berish kerak bo‘lsa ham, imkon bo‘lsa, ularni avvalambor chin dildan maqtab o‘ting.
-
Salbiy ma’lumotni kamroq keltiring. Mavzuga tegishli salbiy ma’lumotni keltirsangiz, undan biron naf borligiga amin bo‘ling. Yoritib berayotgan mavzuingiz davomida ijobiy ruhiyatni saqlang.
-
Xudoning Kalomidan mohirlik ila foydalaning. E’tiborni Yahova insoniyat uchun nima qilganiga, nima qilayotganiga va kelajakda nima qilishiga qarating. Tinglovchilarga dalda berib, ularni mustahkamlang.