8-DARS
Misollar yordamida ta’lim berish
Matto 13:34, 35
MAQSAD. Muhim fikrlarni yetkazishda tinglovchilarga mos keladigan oddiy misollardan foydalaning.
AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI
-
Oddiy misollarni tanlang. Isoga taqlid qilib, muhim narsalarni tushuntirish uchun insonlarga tanish bo‘lgan narsadan va murakkab narsani ochib berish uchun oddiy narsadan foydalaning. Misol qiyin bo‘lib ketmasligi uchun keraksiz tafsilotlarni aytmang. U mavzuingizga chindan ham mos kelayotganiga va tinglovchilarni chalg‘itmayotganiga ishonch hosil qiling.
-
Tinglovchilar haqida o‘ylang. Tinglovchilarning mashg‘ulotiyu qiziqishlarini inobatga olgan holda misol tanlang. Tanlagan misolingiz tufayli ular hijolatga tushib qolmasligi yoki xafa bo‘lib qolmasligi kerak.
-
Asosiy fikrni yetkazing. Misoldagi kichik tafsilotlarga emas, asosiy fikrlarga e’tibor bering. Tinglovchilar misolni shunchaki eslab qolishiga emas, balki undan foyda olishiga ishonch hosil qiling.