5-DARS
Xudoning yer yuziga nisbatan niyati qanday?
1. Alloh nega yerni yaratgan?
Tangri Yahova yerni insonlar uchun barpo etgan. Shunday ekan, yer bizning turar joyimiz. Ilk juftlik Odamato bilan Momohavo osmonda yashash uchun yaratilmagan. Samoda yashash uchun Xudo farishtalarni yaratgan. (Ayub 38:4, 7) Odamlarni esa yerga, Adan bog‘i deb atalmish go‘zal jannatga joylashtirgan. (Ibtido 2:15–17) Yahova ilk juftlik hamda ularning avlodi yer yuzida o‘lmasdan abadiy umr kechirishlarini istagan. Zabur 37:29; 115:16 ni o‘qing.
Avvaliga faqat Adan bog‘i jannat bo‘lgan. Vaqt o‘tib ilk juftlik avlodlari bilan butun yer yuzini to‘ldirishi kerak edi. Shu tarzda ular yer yuzini jannatga aylantira olishardi. (Ibtido 1:28) Yer hech qachon yo‘q qilinmaydi. U doimo bizning turar joyimiz bo‘lib qoladi. Zabur 104:5 ni o‘qing.
2. Yer nega hozir jannat emas?
Odamato bilan Momohavo Allohga quloq solishmadi. Shuning uchun, Yahova ularni Adan bog‘idan haydab chiqardi. Oqibatda jannat yo‘qotildi va insonlardan hech biri uni tiklay olmadi. Shu bois yer yuzi yovuz kishilarga to‘lib ketdi. Ibtido 3:23, 24 ni o‘qing.
Xudovand Yahova insoniyatga nisbatan ilk niyatini amalga oshira olmadimi? Unday emas! Zero, U qudratli Xudodir. Unga buni bajarishga hech nima to‘sqinlik qila olmaydi. (Ishayo 45:18) Yahova insoniyatga nisbatan qilgan niyatini albatta amalga oshiradi va yer yuzini jannatga aylantiradi. Zabur 37:11, 34 ni o‘qing.
3. Jannat qanday qilib tiklanadi?
Iso yer yuzi ustidan shohlik qilishni boshlaganida jannatni tiklaydi. U o‘z boshchiligi ostidagi farishtalar bilan birga Armageddon nomli jangda Xudoga qarshi chiqqanlarning Vahiy 20:1–3; 21:3, 4 ni o‘qing.
barchasini yo‘q qiladi. Keyin esa Shaytonni ming yilga kishanlab qo‘yadi. Allohning xizmatchilari bu jangda omon qoladi, sababi Iso ularga yo‘l-yo‘riq beradi va himoya qiladi. Ular yer yuzidagi jannatda baxtli bo‘lib abadiy yashashadi.4. Azob-uqubatlarga qachon chek qo‘yiladi?
Xudovand yovuzlikni qachon yo‘q qiladi? Iso bu payt yaqin qolganiga ishora qiluvchi «belgi»ni aytib o‘tgan. Butun dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar insonlarning hayotiga xavf tug‘diryapti va biz «zamon oxirlab borayotgan» paytda yashayotganimizdan dalolat beryapti. Matto 24:3, 7–14, 21, 22 ni o‘qing.
Iso ming yillik boshqaruvi mobaynida yer yuzidagi barcha azob-uqubatlarga chek qo‘yadi. (Ishayo 9:6, 7; 11:9) Shohlik qilish bilan birga u Ruhoniy sifatida xizmat qilib, Allohni sevuvchilarni gunohlaridan xalos etadi. Shu yo‘sin Xudo Iso orqali kasalliklarni, qarilikni va o‘limni bartaraf qiladi. Ishayo 25:8; 33:24 ni o‘qing.
5. Bo‘lajak jannatda kimlar yashaydi?
Xudoga itoatli bo‘lgan insonlar jannatda yashaydi. (1 Yuhanno 2:17) Iso izdoshlariga kamtarin insonlarni izlab topishni va ularga Xudoga ma’qul hayot kechirishni o‘rgatishni topshirgan. Yahova hozir millionlab odamlarni yer yuzidagi jannatda yashash uchun tayyorlayapti. (Zafaniyo 2:3) Yahova Shohidlarining Yig‘ilish zallarida odamlar yaxshi er yoki xotin, ota yoki ona bo‘lishni o‘rganishyapti. Ota-onalar va bolalar birgalikda Xudoga topinib, Muqaddas Kitobdagi bilimlar hozirning o‘zida ularga qanday foyda keltirishini bilib olishyapti. Mixo 4:1–4 ni o‘qing.