Xotima
Yahovaning xalqi bilan birga o‘tkazgan shirin damlarni, misol uchun, daldali jamoat uchrashuvlarini, ajoyib anjumanlarni, va’zgo‘ylikdagi qiziqarli voqealarni yoki imondoshingiz bilan maroqli suhbatlarni eslab turasizmi? Siz Yahovani unutganingiz yo‘q. U ham sizni unutgan emas. U sadoqatli xizmatingizni iliqlik bilan eslaydi. Yahova qaytishingizga yordam berishni sabrsizlik bilan kutyapti.
«Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men O‘zim qo‘ylarimni qidirib topaman. Adashgan suruvni qidirgan cho‘ponday qo‘ylarimni izlayman. Bulutli, qorong‘i kunda har yoqqa tarqalib ketgan qo‘ylarimni hamma joydan xalos qilaman”» (Hizqiyo 34:11, 12).