Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

2- DARS

Nega Yahovaning Shohidlari deb nomlanamiz?

Nega Yahovaning Shohidlari deb nomlanamiz?

Nuh

Ibrohim va Sora

Muso

Iso Masih

Ko‘p odamlar Yahovaning Shohidlarini biron-bir yangi din, deb o‘ylashadi. Biroq 2 700 dan ziyod yil avval tanho haq Xudo xizmatchilarini «shohidlarimsiz» deb nomlagan. (Ishayo 43:10–12) 1931-yilgacha biz Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari deb tanilganmiz. Nega endi Yahovaning Shohidlari deb nomlanadigan bo‘ldik?

Bu nomdan Xudoyimizni bilib olsa bo‘ladi. Qadimgi qo‘lyozmalarga binoan, Xudoning ismi Yahovadir va u Muqaddas Kitobning minglab oyatlarida uchraydi. Ko‘p tarjimalarda bu ism Egamiz va Rabbiy unvonlariga almashtirilgan. Lekin haq Taolo O‘zini «Yahova» degan shaxsiy ismi bilan tanitib, shunday degan: «Bu — Mening abadiy qoladigan ismimdir». (Chiqish 3:15) Shu yo‘sin, U O‘zini boshqa soxta xudolardan ajratgan. Biz Xudoning muqaddas ismi bilan atalishdan faxrlanamiz.

Bu nomdan vazifamizni bilib olsa bo‘ladi. Hobil ismli odil kishining davridan beri qadimda yashagan ko‘pdan-ko‘p kishilar Tangri Yahovaga ishonishgani to‘g‘risida shohidlik berishgan. Asrlar o‘tib, Nuh, Ibrohim, Sora, Muso, Dovud hamda boshqalar «shohidlar olomoni»ni tashkil etgan. (Ibroniylarga 11:4–12:1) Biron-bir kishi sudda aybsiz odam haqida guvohlik berganidek, biz ham Allohimiz to‘g‘risidagi haqiqatni qat’iyat bilan ayon etamiz.

Biz Hazrati Isoga taqlid qilamiz. Muqaddas Kitobda u «ishonchli va haqiqiy shohid» deb atalgan. (Vahiy 3:14) Isoning o‘zi Xudoning ismini ma’lum qilgan va Xudo haqidagi haqiqat to‘g‘risida shohidlik bergan. (Yuhanno 17:26; 18:37) Masihning haqiqiy izdoshlari Tangri Yahovaning ismi bilan atalib, uni ma’lum etishlari kerak. Yahovaning Shohidlari aynan shunday yo‘l tutishga harakat qilishadi.

  • Nima uchun Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari Yahovaning Shohidlari deb nomlanadigan bo‘lishdi?

  • Yahovaning Shohidlari qachondan beri mavjud?

  • Yahovaning eng ulug‘ Shohidi kim?