Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

1- DARS

Yahovaning Shohidlari qanday insonlar?

Yahovaning Shohidlari qanday insonlar?

Daniya

Tayvan

Venesuela

Hindiston

Yahovaning Shohidlaridan birortasini taniysizmi? Ehtimol, ular sizning qo‘shningiz, hamkasbingiz yoki sinfdoshingizdir. Balki ilgari ular siz bilan Muqaddas Kitob asosida suhbatlashgandir. Aslida biz kimmiz va nega e’tiqodimizni boshqalar bilan baham ko‘ramiz?

Biz oddiy insonlarmiz. Bizning kelib chiqishimiz va ijtimoiy ahvolimiz turlicha. O‘tmishda ayrimlarimiz boshqa dinga mansub bo‘lganmiz, boshqalarimiz esa umuman Xudoga ishonmaganmiz. Biroq Yahovaning Shohidi bo‘lishdan avval, barchamiz Muqaddas Kitob ta’limotlarini sinchkovlik ila o‘rganishga vaqt ajratganmiz. (Havoriylar 17:11) Bilib olganlarimiz to‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qilib, Tangri Yahovaga topinishga shaxsan qaror qilganmiz.

Muqaddas Kitob tadqiqi bizga foyda keltiradi. Biz ham boshqalar kabi muammo va kasalliklarga duch kelamiz. Lekin kundalik hayotimizda Muqaddas Kitob qonun-qoidalarini qo‘llashga harakat qilib, turmushimiz ancha yaxshilanganini his qildik. (Zabur 128:1, 2) Bu, Muqaddas Kitobdan bilib olgan narsalarimizni o‘zga insonlar bilan baham ko‘rishimizning sabablaridan biridir.

Ilohiy qadriyatlar bo‘yicha umr kechiramiz. Muqaddas Kitobda yozilgan ushbu qadriyatlar o‘zgalarning manfaatini ko‘zlab, ularni hurmat qilishga, shuningdek, rostgo‘ylik va mehribonlik kabi fazilatlarni namoyon etishga ko‘maklashadi. Mazkur qadriyatlar zamirida jamiyatning sog‘lom fikrli va foydali a’zolari yetishib chiqadi. Qolaversa, ular tufayli oilalarda yakdillik va odob-axloq hukm suradi. Xudo insonning tashqi qiyofasiga emas, uning ichki dunyosiga qaraydi. Shuning uchun dunyo bo‘ylab ko‘plab birodaru opa-singillarimiz bor. Biz odamni uning tana rangi yoki qaysi mamlakatdan ekanligiga qarab ajratmaymiz. Garchi alohida shaxs sifatida oddiy insonlar bo‘lsak-da, xalq sifatida — o‘z turida yagonamiz. (Havoriylar 4:13; 10:34, 35)

  • Yahovaning Shohidlari va boshqa odamlar o‘rtasida qanday umumiylik bor?

  • Shohidlar Muqaddas Kitobni tadqiq qilish orqali qanday insonlar bo‘lib yetishadi?