Doniyor 12:1-13

  • Oxirzamon va undan keyingi davr (1-13)

    • Mikoil ko‘tariladi (1)

    • Fahm-farosatlilar yorqin nur taratadi (3)

    • Aniq bilim mo‘l-ko‘l bo‘ladi (4)

    • Doniyor o‘z ulushini olish uchun turadi (13)

12  O‘sha paytda, xalqing tomonida turgan buyuk sarkarda+ Mikoil+ ko‘tariladi. Shunda xalq paydo bo‘lgandan beri hali ro‘y bermagan musibatli kunlar keladi+. O‘sha vaqtda, sening xalqing, ismi kitobda yozilgan har bir kishi omon qoladi+.  Yer bag‘rida uxlab yotganlarning ko‘pchiligi uyg‘onadi. Ayrimlari abadiy hayot uchun, boshqalari esa isnodga hamda toabad nafratga duchor bo‘lish uchun uyg‘onadi.  Fahm-farosatga ega bo‘lganlar osmon gumbaziday yorqin nur taratadi. Ko‘pchilikni odillikka yetaklaganlar esa abadulabad yulduzlarday porlaydi.  Sen bo‘lsa Doniyor, bu so‘zlarni sir saqlab, kitobni oxirzamonga qadar muhrlab qo‘y+. Ko‘pchilik u yoqdan bu yoqga yuradi* va aniq bilim mo‘l-ko‘l bo‘ladi»+.  So‘ngra men, Doniyor, qarasam, nariroqda yana ikkitasi turgan ekan. Ulardan biri daryoning bu tomonida, ikkinchisi esa boshqa tomonida turardi+.  Shunda bittasi, daryo suvlari ustida turgan, zig‘ir matodan kiyim kiygan+ boshqasidan: «Bu hayratomuz hodisalar qachongacha davom etadi?» — deb so‘radi.  Keyin men, daryo suvlari ustida turgan, zig‘ir matodan kiyim kiygan kishi gapirayotganini eshitdim. U o‘ng va chap qo‘lini ko‘kka ko‘tardi va barhayot Xudoning+ nomi ila qasam ichib: «Bu, belgilangan bir muddat, belgilangan ikki muddat* va yarim muddat* davom etadi. Muqaddas xalqning qudrati yo‘q qilinishi bilan bularning bari yakuniga yetadi»+,— dedi.  Men buni eshitdim-u, ammo tushunmadim+. Shu bois: «Ey taqsirim, bularning bari nima bilan tugaydi?» — deb so‘radim.  U shunday dedi: «Boraqol, Doniyor, chunki bu so‘zlar oxirzamonga qadar sir saqlanib, muhrlanadi+. 10  Ko‘p odamlar tozalanadi, oqartiriladi va sinaladi+. Yovuzlar yovuz ishlar qiladi, hech biri bu so‘zlarning ma’nosini tushunmaydi. Fahm-farosatlilar esa buni anglab yetadi+. 11  Doimiy qurbonliklar to‘xtatilib+, vayronagarchilik keltiradigan jirkanch narsa o‘rnatilgandan+ boshlab 1 290 kun o‘tadi. 12  Matonat ila kutib, 1 335 kunning oxiriga yetgan kishi baxtlidir! 13  Sen esa oxirigacha sadoqatli bo‘lib qol. Sen tinim topasan, ammo kunlarning oxirida o‘z ulushingni olish uchun o‘rningdan turasan»+.

Izohlar

Yoki «uni (ya’ni kitobni) sinchiklab o‘rganadi».
Ya’ni uch yarim muddat.
So‘zma-so‘z «muddatlar».