Efesliklarga 6:1-24
6 Farzandlar, Rabbimizning irodasiga muvofiq tarzda ota-onalaringizga quloq solinglar+, chunki bu to‘g‘ridir.
2 Zero va’da bilan bog‘liq birinchi amr shudir: «Ota-onangizni hurmat qiling+.
3 Shunda yaxshilik sizga yor bo‘lib, yer yuzida uzoq umr ko‘rasiz».
4 Siz otalar, bolalaringizning g‘ashini keltirmanglar+, aksincha, Yahovaning* tarbiyasini berib+, Uning pand-nasihati* bilan ularni o‘stiringlar+.
5 Qullar, yerdagi xo‘jayinlaringizga Masihga itoat etganday, hurmat va qo‘rquv bilan, chin dildan bo‘ysuninglar+.
6 Buni odamlarga ma’qul kelishga intiladiganlar singari xo‘ja ko‘rsinga emas+, balki Masihning qullari kabi Allohning irodasini bajonidil*+ ado etinglar.
7 Sizlar insonlarga emas, Yahovaga* xizmat qilayotganday+ yaxshi niyatli qullar bo‘linglar.
8 Shuni bilinglarki, xoh qul, xoh ozod bo‘lsin, har kim qilgan yaxshi ishi uchun Yahovadan* mukofot oladi+.
9 Siz xo‘jayinlar ham do‘q-po‘pisani bir chetga surib, qullaringiz bilan shunday muomala qilinglar. Chunki ularning ustidan ham, sizlarning ustingizdan ham osmonda yuzxotirchilik qilmaydigan Xo‘jayin borligini+ bilasizlar.
10 Xullas, Rabbimizdan hamda Uning qudratli kuchidan quvvat olinglar+.
11 Iblisning hiyla-nayranglariga qarshi tura olishingiz uchun, Xudo bergan barcha qurol-aslahalar bilan qurollaninglar+.
12 Zero biz odamlar* bilan emas, balki ko‘kdagi yovuz ruhlar+, hukumatlar-u hokimiyatlar va ushbu qorong‘i dunyo hukmdorlari bilan kurashyapmiz+.
13 Shu sababli, yovuz kun kelganda qarshilik ko‘rsatish va hamma narsani puxta bajarib, mahkam turish uchun Alloh bergan barcha qurol-aslahalar bilan qurollaninglar+.
14 Belingizga haqiqat kamarini bog‘lab+, ko‘ksingizga odillik sovutini kiyinglar+.
15 Tinchlik xushxabarini va’z qilishga tayyorlikni oyoqlaringizga poyabzal kabi kiyinglar+.
16 Bulardan tashqari, katta imon qalqonini olinglar+. U bilan Shaytonning* barcha olovli o‘qlarini o‘chira olasizlar+.
17 Shuningdek, najot dubulg‘asini+ va muqaddas ruhning qilichini, ya’ni Xudoning kalomini+ olinglar.
18 Har qanday ibodat-u iltijolar bilan+, har fursatda muqaddas ruh ila ibodat qilib turinglar+. Buning uchun esa doimo sergak turib, barcha muqaddas kishilar uchun iltijo qilinglar.
19 Men uchun ham ibodat qilinglar, toki og‘zimni ochganimda nima deyish kerakligi menga bildirilsin va xushxabarning muqaddas sirini dadillik bilan va’z qila olay+.
20 Shu xushxabar uchun zanjirband bo‘lib, elchi vazifasini bajarayotgan+ men uni jasorat bilan, qanday aytishim kerak bo‘lsa, shunday aytayin.
21 Men haqimda va nima bilan shug‘ullanayotganim to‘g‘risida Hazratimizning ishonchli xizmatchisi va suyukli birodarimiz Tixik+ hammasini sizlarga aytib beradi+.
22 Uni oldingizga ishlarimiz qandayligini bildirish va yuraklaringizga taskin berish uchun yuboryapman.
23 Otamiz Xudodan va Hazratimiz Iso Masihdan birodarlarga imon, sevgi va tinchlik tilayman.
24 Hazratimiz Iso Masihga bo‘lgan sevgisi so‘nmaydigan kishilarning barchasi inoyat ko‘rsin.
Izohlar
^ Yoki «yo‘l-yo‘rig‘i».
^ Lug‘atdagi «jon» so‘ziga q.
^ So‘zma-so‘z «qon va et».
^ So‘zma-so‘z «yovuzning».