Hikmatlar 8:1-36

  • Donolik timsoli (1-36)

    • «Men Yahovaning ilk mahsuliman» (22)

    • «Uning qoshida mohir ishchi edim» (30)

    • «Odamzodni nihoyatda yaxshi ko‘rardim» (31)

8  Nahot donolik chaqirmayotgan bo‘lsa?! Nahot aql-idrok baland ovozda chorlamayotgan bo‘lsa?!+   U yo‘l bo‘yidagi tepaliklarda+,Chorrahalarda turadi.   Shahar darvozalari yonida,Eshik kiraverishlaridaU shunday deya jar soladi+:   «Ey xaloyiq, sizlarni chorlayapman.Har biringizni da’vat etyapman.   Ey tajribasizlar, zakovatli bo‘ling+.Ey nodonlar, dono qalbga ega bo‘ling.   Tinglanglar, zero so‘zlarim muhimdir,Og‘zimdan to‘g‘ri gaplar chiqadi.   Tilim yumshoqlik ila haqiqatni so‘zlaydi,Og‘zim yovuzlikdan jirkanadi.   Og‘zimdan chiqqan so‘zlarning bari haq, Orasida na egri, na yolg‘on so‘z bor.   Ularning barchasi aql-idrokli kishiga tushunarli,Ilm sohiblari uchun haqiqatdir. 10  Kumush o‘rniga ta’lim-tarbiyamni,Sof oltin o‘rniga bilimni tanlang+. 11  Boisi, donolik marjondan ham a’loroq,Ko‘ngling tusagan hech narsa unga teng kela olmaydi. 12  Men — donolikman, zakovat bilan birga yashayman,Men tafakkur va bilimga egaman+. 13  Yahovadan qo‘rqish yomonlikdan nafratlanish demakdir+. Manmanlig-u mag‘rurlik+, yovuzligu buzuq tildan+ jirkanaman. 14  Pand-nasihat-u donolik mendadir+.Fahm-farosat+ va qudrat+ sohibi menman. 15  Men tufayli shohlar hukm suradi,Amaldorlar odil qarorlar chiqaradi+. 16  Men orqali beklar boshqaradi,Asilzodalar odillik ila hukm yuritadi. 17  Meni sevganlarni men ham sevaman,Izlaganlar meni topadi+. 18  Boyligu shon-shuhrat,Tuganmas davlat-u adolat men bilandir. 19  Hadyalarim oltindan, hatto sof oltindan ham a’loroq,Tuhfalarim toza kumushdan ham yaxshiroqdir+. 20  Men odillik yo‘lidan boraman,Haqqoniyat so‘qmoqlari o‘rtasida yuraman. 21  Meni sevganlarga katta meros beraman,Ularning omborlarini to‘ldiraman. 22  Men Yahovaning ilk mahsuliman+,Azaliy ijodlarining birinchisiman+. 23  Qadim zamonlarda bino bo‘lganman+,Boshidanoq, yer yaratilmasidan avval+ mavjud bo‘lganman. 24  Men chuqur suvlar+ paydo bo‘lmasidan,Qaynar buloqlar vujudga kelmasidan oldin bunyod bo‘lganman. 25  Tog‘lar yuzaga kelmasidan,Tepaliklar barpo bo‘lmasidan avval vujudga kelganman. 26  U yer va dalalarni,Yerning ilk tuprog‘ini yaratmasidan ilgari dunyoga kelganman. 27  U osmonni hozirlaganida+ men o‘sha yerda edim.Suv yuzasi bo‘ylab ufq chizig‘ini tortganda+, 28  Osmonga bulutlarni joylashtirganda,Chuqur suv manbalariga asos solganda, 29  Suvlar to‘lib-toshib ketmasin+ deya,U dengizga chegara qo‘yganda,Yerning poydevorini solganda, 30  Uning qoshida men mohir ishchi edim+. Kun sayin ko‘nglini quvontirib+,Huzurida hamisha shod-xurram yurardim+. 31  Hayot uchun yaroqli yerga qarab sevinardim,Odamzodni nihoyatda yaxshi ko‘rardim. 32  Endi, o‘g‘illarim, menga quloq soling,Yo‘llarimdan yurganlar baxtlidir. 33  Ta’lim-tarbiyamga+ quloq tutib, dono bo‘ling,Uni aslo inkor etmang. 34  Har tongda eshigim oldiga kelgan,Ostonam yonida meni kutib,So‘zlarimni tinglagan odam baxtlidir. 35  Meni topgan kishi hayot topadi+,Yahovaning iltifotiga sazovor bo‘ladi. 36  Meni rad etgan o‘ziga ziyon keltiradi,Mendan nafratlangan o‘limni xush ko‘radi»+.

Izohlar