Ibroniylarga 5:1-14
5 Odamlar orasidan tayinlangan har bir oliy ruhoniy+ gunohlarni yuvish uchun nazrlar-u qurbonliklarni baxshida etib+, insonlarning manfaati uchun Xudoga xizmat qiladi.
2 O‘zida ham zaifliklari bo‘lgani sababli, xato qiladigan bilimsiz odamlarga rahm-shafqat* ko‘rsata oladi.
3 Ana shu bois u ham o‘zining, ham xalqning gunohlarini yuvish uchun qurbonliklar keltirishi kerak+.
4 Bundan tashqari, odam bu sharafli xizmatga o‘zini o‘zi tayinlamaydi, balki Horunga o‘xshab Alloh tomonidan tayinlanadi+.
5 Xuddi shunday Masih ham oliy ruhoniy bo‘lib, o‘zini o‘zi ulug‘lamadi+. Ammo u haqda: «Sen Mening o‘g‘limsan, bugun Men sening Otang bo‘ldim»+,— deb aytgan Xudo tomonidan ulug‘langan.
6 Shuningdek, Muqaddas Yozuvlarning boshqa bir joyida U shunday degan: «Sen Malikisidq singari abadiy ruhoniysan»+.
7 Masih yer yuzida bo‘lganida, uni o‘limdan qutqaradigan Zotga qattiq faryod va ko‘z yoshlar bilan o‘tinib yolvorgan+. U Tangridan qo‘rqqani uchun uning ibodati ijobat bo‘lgan.
8 Garchi u Xudoning O‘g‘li bo‘lsa-da, boshdan kechirgan azoblar orqali itoatli bo‘lishni o‘rgandi+.
9 U kamolotga erishgandan so‘ng+ unga itoatli bo‘lgan kishilarning abadiy najot topishiga mas’ul bo‘ldi+.
10 Boisi, Tangri uni Malikisidqga o‘xshagan oliy ruhoniy+ etib tayinladi.
11 U haqda ko‘p narsa ayta olar edik, lekin buni tushuntirish qiyin. Sababi quloqlaringiz og‘irlashib qolgan.
12 Shu vaqtgacha sizlar allaqachon muallim bo‘lishingiz kerak edi, ammo sizlarga yana Allohning muqaddas kalomidagi oddiy narsalarni+ o‘rgatishga ehtiyoj bor. Endi sizlarga qattiq ozuqa emas, balki sut kerak.
13 Sut bilan oziqlanadigan har bir kishi chaqaloq bo‘lib+, odillik kalomi unga notanish.
14 Qattiq ozuqa esa zehnini ishga solish orqali yaxshini yomondan ajratishga o‘rgangan yetuk kishilar uchundir.
Izohlar
^ Yoki «muloyimlik».