Ishayo 26:1-21
26 O‘sha kuni Yahudo yurtida+ shunday qo‘shiq aytiladi+:
«Bizning shahrimiz qudratli+.
Uning devorlari-yu ko‘tarma devorlari Alloh bergan najotdir+.
2 Darvozalarni oching+, odil xalq kirsin,Sadoqatli bo‘lgan xalq kirsin.
3 Senga to‘liq tayanganlarni* himoya qilasan,Ularga bitmas-tuganmas tinchlik berasan+.Zero, ular Senga tayanadi+.
4 Yahovaga toabad umid bog‘lang+,Chunki Yah*, Yahova abadiy Qoyadir+.
5 U yuksaklikda, yuqorida turgan shahar aholisini kamsitadi.
Uni vayron qiladi,Yerga uloqtiradi,Tuproqga qorishtirib yuboradi.
6 U oyog‘osti bo‘ladi,Ezilganlar-u bechoralarning oyoqlari ostida qoladi».
7 Odil kishining yo‘li to‘g‘ridir.
Sen to‘g‘ri bo‘lganing uchunOdil insonning yo‘lini ravon qilasan.
8 Ey Yahova, Sening adolatli yo‘lingdan yurib,Senga umid bog‘laymiz.
Biz ismingni, Seni yodda tutishga intilamiz.
9 Tunda butun vujudim ila Seni qo‘msayman,Ich-ichimdan Seni izlashga jon kuydiraman+.Chunki yerni hukm qilganingda,Yer aholisi adolatga o‘rganadi+.
10 Yovuz kishiga iltifot ko‘rsatilsa ham,U adolatga o‘rganmaydi+.
To‘g‘rilik yurtida ham yomonlik qiladi+,Yahovaning ulug‘vorligini ko‘rmaydi+.
11 Ey Yahova, qo‘ling ko‘tarilgan, ammo ular uni ko‘rmayapti+.
Ular xalqingga bo‘lgan g‘ayratingni ko‘rganda, uyalib qoladi.
Dushmanlaringni olov yutib yuboradi.
12 Ey Yahova, bizga tinchlik ato etasan+,Chunki har bir ishimizSening yordaming ila amalga oshmoqda.
13 Ey, Allohimiz Yahova, Sendan boshqa xo‘jayinlar bizni boshqardi+,Lekin faqat Sening isming tilimizdadir+.
14 Ular o‘ldi, ular yashamaydi,
Ular kuchsiz yotadi, qaytib turmaydi+.
Sen ularni yo‘q qilish, ismlarini o‘chirish uchunUlarga nazar solding.
15 Ey Yahova, Sen xalqni ko‘paytirding,Ularning sonini oshirding,O‘zingni ulug‘lading+.
Yurtning barcha chegaralarini nihoyatda kengaytirding+.
16 Ey Yahova, azob chekkanda, ular Senga yuz burdi.Ularni to‘g‘ri yo‘lga solganingda, pichirlab qalbini Senga to‘kib-soldi+.
17 Ey Yahova, Sen bizni oy kuni to‘lgan,To‘lg‘oq tutib, dod-voy solayotganHomilador ayolday qilding.
18 Homilador bo‘lib, to‘lg‘oq azobini chekdik,Biroq dunyoga shamol keltirganday bo‘ldik.
Biz yurtni qutqara olmadik,Unda yashaydigan odam ham tug‘madik.
19 «O‘liklaring yashaydi.
Murdalarim ko‘tariladi+.
Ey, tuproq ichra yotganlar+,Uyg‘onib, quvonch ila hayqiring!
Zero, shabnaming tongdagi shudring* kabidir.Yer kuchsiz yotgan o‘liklarni yashash uchun qaytaradi.
20 Ey xalqim, bor, ichkari xonalaringga kirib,Ortingdan eshiklaringni yop+.
Xudoning g‘azabi bosilmaguncha,Bir lahzaga yashirin+.
21 Ana, Yahova O‘z maskanidan kelmoqda.U yer yuzi aholisini qilmishlari uchun javobgarlikka tortadi.Yer to‘kilgan qonni fosh etadi,U o‘liklarini ortiq yashirmaydi».
Izohlar
^ Boshqa variant «qattiq intilganlarni».
^ Yahova degan ismning qisqacha shakli.
^ Boshqa variant «maysalar (gulxayri) ustidagi shudring».