Ishayo 40:1-31
40 Allohingiz shunday demoqda: «Tasalli bering xalqimga, tasalli bering!+
2 Quddusning ko‘nglini ovuntiring,Uning majburiy xizmati tugagani haqida e’lon eting,Zero, u o‘z qilmishi uchun jazosini olib bo‘ldi+.
Butun gunohlarining jazosini Yahova ikki hissa qilib qaytardi»+.
3 Sahroda kimdir bunday deya jar solmoqda:
«Yahovaga yo‘l hozirlanglar!+
Tangrimiz uchun+ cho‘lda tekis yo‘l solinglar+.
4 Barcha pastliklar yuksaltirilsin,Tog‘lar-u tepaliklar pasaytirilsin.
Do‘ngliklar tekislansin,O‘nqir-cho‘nqirlar ravon yo‘lga aylansin+.
5 Yahovaning ulug‘vorligi namoyon bo‘ladi+,Buni butun odamzod ko‘radi+,Chunki Yahovaning O‘zi buni aytdi».
6 Tinglang! Kimdir: «Jar sol!» — deb aytmoqda.
Boshqasi: «Nima deb jar solay?» — deb so‘ramoqda.
«Butun odamzod o‘tday,
Ularning mehr-sadoqati dala gulidaydir+.
7 Yahovaning nafasi ular ustiga esganda+,O‘t-o‘lan quriydi+,Gul so‘liydi.
Odamzod esa maysaning o‘zginasidir.
8 Maysa quriydi,Gul so‘liydi,Xudoyimizning kalomi esa abadiy qoladi»+.
9 Ey, Sionga xushxabar keltirgan ayol+,Baland tog‘ga chiq!
Ey, Quddusga xushxabar keltirgan ayol,Bor ovozing bilan jar sol,
Hech qo‘rqmay ovozing boricha qichqir!
Yahudo shaharlariga: «Mana Tangringiz!» — deya e’lon qil+.
10 Oliy Hukmdor Yahova qudrat ila keladi,Kuchli qo‘li bilan hukm suradi+.
U beradigan mukofot yonidadir,To‘laydigan haq O‘zi bilandir+.
11 Cho‘pon kabi suruvini boqadi+.
Qo‘li bilan qo‘zilarini bir joyga to‘plab,Ularni qo‘ynida olib boradi.
Sovliqlarini ehtiyotlab yetaklaydi+.
12 Kim dengizlarni hovuchlab o‘lchab+,Qarichi* bilan osmonning o‘lchamini olgan?
Kim yerning tuprog‘ini o‘lchov idishiga solgan?+Kim tog‘larni tarozida,Tepaliklarni tarozi pallasida o‘lchagan?
13 Kim Yahovaning ruhini o‘lchagan*?Kim maslahatchi bo‘lib, Unga nasihat bergan?+
14 Biror narsani anglash uchun U kim bilan maslahatlashgan?Kim Unga odillik yo‘lini o‘rgatgan?Kim Unga ta’lim bergan?Kim Unga asl idrok yo‘lini ko‘rsatgan?+
15 Mana, xalqlar U uchun chelakdan tomgan bir tomchi suvday,Tarozi pallasiga qo‘ngan changdaydir+.
Mana, U orollarni chang kabi havoga ko‘taradi.
16 Hatto Livanning yog‘ochlari olov yoqish uchun kamlik qiladi,Undagi yovvoyi hayvonlar kuydiriladigan qurbonlik uchun yetarli bo‘lmaydi.
17 Jamiki xalqlar Uning oldida hech nima emas+,U uchun arzimas, puch narsa kabidir+.
18 Xo‘sh, Xudoni kim bilan taqqoslay olasiz?+
Kimga o‘xshata olasiz?+
19 Usta but quyadi,Zargar uni oltin bilan qoplaydi+,Kumush zanjirlar ham yasaydi.
20 Kishi xayr-ehson uchun bir daraxt+,Chirimagan daraxt tanlaydi.
Joyida mahkam turadigan but yasash uchunU mohir usta izlaydi+.
21 Nahotki xabaringiz bo‘lmasa?
Nahotki eshitmagan bo‘lsangiz?
Nahotki boshidan sizlarga aytilmagan bo‘lsa?
Nahotki yerning poydevori qo‘yilgandan beri anglamagan bo‘lsangiz?+
22 Alloh yer shari uzra maskan qurgan+,Yer aholisi Uning oldida chigirtkalar kabidir.
U osmonni yupqa gazlamaday yoyib,Turar joy bo‘lsin deya, chodir kabi yozib yuborgan+.
23 U amaldorlarni yerga uradi,Yer yuzi hakamlarini yo‘qga chiqaradi.
24 Ular ekilishi,Yerga sepilishi bilanoq,Tomir otgan zahoti,Bir puflashda qurib qoladi,Shamol ularni somonday uchirib ketadi+.
25 Muqaddas Xudo shunday demoqda: «Sizlar Meni kimga o‘xshatib, kimga teng deb bilyapsizlar?
26 Ko‘zlaringizni osmonga tikib, qaranglar.
Bularning barini kim yaratgan?+
Kim yulduzlarni qo‘shin singari soni bo‘yicha chiqarib,Har birining nomini aytib chaqiradi?+
U buyuk kuchi va mahobatli qudrati tufayli+Hech birini esdan chiqarmaydi.
27 Ey Yoqub, ey Isroil, nima uchun:“Mening yo‘lim Yahovadan yashirin,Men duch kelgan adolatsizlikka Xudo beparvo”+,— deb aytyapsan?
28 Nahotki xabaring bo‘lmasa? Nahotki eshitmagan bo‘lsang?
Yerdagi bor narsaning Yaratuvchisi Yahova abadiyat Xudosidir+.
U aslo charchamaydi, holdan ham toymaydi+.
Donoligining* tubiga yetib bo‘lmaydi+.
29 U charchaganga kuch,Toliqganga qudrat ato etadi+.
30 O‘g‘lonlar charchab, holdan toyadi,Yigitlar qoqilib yiqiladi.
31 Yahovaga umid bog‘laganlar esa qaytadan kuchga to‘ladi.
Ular burgutlar kabi qanot yozib uchadi+.
Ular yugurib ham charchamaydi,Yurib ham toliqmaydi»+.