Ishayo 64:1-12

  • Tavba qilganning ibodati davom etadi (1-12)

    • Yahova Kulolimiz (8)

64  Osmonni yorib, pastga tushsang edi,Tog‘lar oldingda larzaga kelardi.   Olov shox-shabbani yondirgani,Alanga suvni qaynatgani singari,Isming dushmanlaringga oshkor bo‘lardi,Xalqlar oldingda dir-dir titrardi.   Sen xayolimizga kelmagan mahobatli ishlar qilgan eding+.Pastga tushganingda, oldingda tog‘lar larzaga kelgan edi+.   Uni intizor bo‘lib kutganlar manfaatini ko‘zlab ish qiladigan+,Unga o‘xshash Alloh yo‘qdir.Azaldan hech kim bunday Xudo to‘g‘risida eshitmagan ham, bilmagan ham.   Sen quvonch bilan to‘g‘ri yo‘l tutganlarni qarshi olding+,Seni unutmay, yo‘llaringdan yurganlarga yor bo‘lding. Ammo biz gunoh qilaverganimizdan g‘azablanding+,Chunki biz uzoq vaqt gunoh qildik. Endi omon qolishimizga umid bormi?   Barchamiz nopok bo‘lib qoldik,Butun odil ishlarimiz hayz lattalari kabidir+. Barg singari so‘lib qolamiz,Gunohlarimiz bizni shamolday uchirib ketadi.   Ismingni chaqiradigan hech kim yo‘q,Senga mahkam yopishishga jon kuydiradigan kimsa yo‘q.Sen yuzingni bizdan yashirding+,Gunohimiz kuchi bilan bizni yo‘q qilib yubormoqchisan.   Ammo Sen, ey Yahova, bizning Otamizsan+. Biz gil, Sen esa Kulolimizsan+.Barchamiz qo‘llaring ijodimiz.   Ey Yahova, haddan ortiq g‘azablanma+,Gunohlarimizni abadiy esda saqlab yurma. O‘tinamiz, xalqing ekanimizni unutma. 10  Muqaddas shaharlaring cho‘lga, Sion sahroga,Quddus xarobazorga aylandi+. 11  Ota-bobolarimiz Senga hamd-u sano aytganMuqaddas va ulug‘vor ma’badimizYondirib yuborildi+.Biz e’zozlagan barcha narsa vayronaga aylandi. 12  Ey Yahova, bularni ko‘ra turib, bizga yordam qo‘lini cho‘zmaysanmi? Sukut saqlab, qattiq azob chekishimizga yo‘l qo‘yasanmi?+

Izohlar