Ishayo 7:1-25
7 Uzziyoning nabirasi Yo‘tomning o‘g‘li Oxoz+ Yahudoda hukmronlik qilayotgan kunlarda, Suriya shohi Ratan bilan Isroil podshohi Ramaliyoning o‘g‘li Pekax+ Quddusga qarshi jang boshlashdi. Lekin u* shaharni zabt eta olmadi+.
2 Dovud xonadoniga: «Suriya Efrayim qo‘shini bilan ittifoq tuzdi»,— degan xabar yetkazildi.
Shunda shoh Oxozning va xalqning qalbi, o‘rmonda daraxtlar shamoldan tebranganday qo‘rquvdan titrab ketdi.
3 So‘ngra Yahova Ishayoga quyidagilarni aytdi: «Oxozni qarshilash uchun, o‘g‘ling Sheryosub*+ bilan birga kir yuvuvchilar dalasiga olib boradigan katta yo‘l bo‘yidagi yuqori hovuz quvurining oxiriga bor+.
4 Unga shunday deb ayt: “Xotirjam bo‘l, qo‘rqma. Tutayotgan mana shu ikkita g‘o‘laning — Suriya shohi Ratan va Ramaliyo+ o‘g‘lining g‘azabidan yuragingni qo‘rquv bosmasin.
5 Suriya bilan Efrayim va Ramaliyo o‘g‘li senga qarshi fitna uyushtirib:
6 “Kelinglar, Yahudoga qarshi chiqaylik, uni tilka-pora qilib*, o‘zimizga bo‘ysundiraylik. U yerda To‘val o‘g‘lini shoh qilib tayinlaylik”+,— deb aytmoqda.
7 Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda:
“Bu ish muvaffaqiyat qozonmaydi,Hech qachon amalga oshmaydi.
8 Chunki Suriyaning boshi — Damashq,Damashqning boshi Ratandir.
Atigi 65 yil ichidaEfrayim butunlayin barbod bo‘lib, xalq yo‘g‘ga chiqadi+.
9 Efrayimning boshi — Samariya+,Samariyaning boshi Ramaliyoning o‘g‘lidir+.
Imoningiz mustahkam bo‘lmasa,Mahkam tura olmaysizlar”».
10 Yahova davom etib, Oxozga:
11 «Tangring Yahovadan bir alomat so‘ra+, u mozorday* chuqur, osmonday yuksak bo‘lsin»,— dedi.
12 Biroq Oxoz: «So‘ramayman, Yahovani aslo sinamayman»,— deb aytdi.
13 Ishayo quyidagicha dedi: «Ey, Dovud xonadoni, eshiting. Nahotki odamlarning sabrini sinaganingiz kamlik qilgan bo‘lsa?! Xudoning sabrini ham sinamoqchimisiz?+
14 Shuning uchun Yahova sizlarga bir alomat beradi. Mana, bokira qiz homilador bo‘lib, o‘g‘il ko‘radi+ va uning ismini Immanuil* qo‘yadi+.
15 U yomonlikni rad etib, yaxshilikni tanlay oladigan vaqt kelganda, sariyog‘ va asal yeydi, xolos.
16 Bu bola yomonlikni rad etib, yaxshilikni tanlay oladigan vaqt kelishidan oldin, sizlar qo‘rqayotgan bu ikkita shohning yerlari xarobaga aylanadi+.
17 Ey Oxoz, Yahova sizning, xalqingizning va ota-bobolaringiz xonadoni boshiga Efrayim Yahudodan bo‘lingan+ vaqtdan beri sodir bo‘lmagan kunlarni soladi. U Ossuriya shohini yuboradi+.
18 O‘sha kuni Yahova hushtak chalib, Misrdagi Nil daryosining olis irmoqlaridan pashshalarni, Ossuriya yurtidan asalarilarni chaqiradi.
19 Ularning bari uchib kelib chuqur jarliklarga, qoyalarning yoriqlariga, tikanzorlarga va suvloq joylarga qo‘nadi.
20 O‘sha kuni Yahova Furot daryosining hududidan Oxoz yollagan ustara — Ossuriya shohidan foydalanib+, uning boshidagi sochni, oyoqlaridagi tukni, hatto soqolini ham qirib tashlaydi.
21 O‘sha kuni odam o‘z podasidan yosh g‘unajinni va ikkita qo‘yni tirik qoldiradi.
22 Sut mo‘l-ko‘l bo‘lganidan u sariyog‘ yeydi. Chunki yurtda qolgan har kim sariyog‘ bilan asal yeydi, xolos.
23 O‘sha kuni, qiymati 1 000 shekel kumushga teng keladigan 1 000 tup uzum o‘sgan yerda faqat tikanlar-u begona o‘tlar o‘sadi.
24 Butun yurtni tikanlar-u begona o‘tlar bosib ketgani sababli, odamlar u yerga kamonlar-u o‘qlar bilan boradi.
25 Bir vaqtlar ketmon bilan ishlov berilgan tog‘larda tikanlar-u begona o‘tlar o‘sib ketganidan, u yerga yaqin borishga qo‘rqasan. U yer ho‘kizlar va qo‘ylar o‘tlaydigan joyga aylanadi».
Izohlar
^ Boshqa variant «ular».
^ Ma’nosi «faqat omon qolganlar qaytadi».
^ Boshqa variant «dahshatga solib».
^ Ma’nosi «Alloh biz bilan».