Matto 2:1-23
2 Iso shoh Hirod* davrida+, Yahudiyadagi Baytlahm+ shahrida tug‘ilganidan so‘ng, sharqdan Quddusga munajjimlar kelib,
2 shunday deyishdi: «Yahudiylarning yangi tug‘ilgan podshohi+ qayerda? Biz sharqdan uning yulduzini ko‘rib, unga ta’zim qilgani keldik».
3 Buni eshitib, shoh Hirodning hamda butun Quddus aholisining tinchligi buzildi.
4 Shunda Hirod bosh ruhoniylar va ulamolarning* hammasini to‘plab, Masih qayerda tug‘ilishi kerakligi haqida surishtirdi.
5 Ular unga shunday javob berishdi: «Yahudiyadagi Baytlahm+ shahrida, chunki payg‘ambar orqali shunday deb yozilgan:
6 “Ey, Yahudo diyoridagi Baytlahm, sen Yahudo hokimlarining nazarida eng arzimas shahar emassan. Zero sendan bir hukmdor kelib chiqadi va u xalqim Isroilga cho‘ponlik qiladi”»+.
7 Keyin Hirod munajjimlarni yashirincha chaqirib, ulardan yulduzning paydo bo‘lgan aniq vaqtini bilib oldi.
8 So‘ng ularni Baytlahmga jo‘nata turib, shunday dedi: «Boringlar, chaqaloqni yaxshilab izlanglar. Uni topgach esa menga xabar beringlar, toki men ham borib, unga ta’zim qilayin».
9 Shohning bu so‘zlaridan keyin ular yo‘lga chiqishdi. Sharqda ko‘ringan yulduz+ esa ularning oldilarida bordi va chaqaloq yotgan joyning tepasiga kelib to‘xtadi.
10 Yulduz to‘xtaganini ko‘rib, ular behad quvonishdi.
11 Munajjimlar uyga kirib chaqaloqni va onasi Maryamni ko‘rishdi-da, tiz cho‘kib chaqaloqqa ta’zim qilishdi. So‘ng ular qimmatbaho narsalarini, jumladan oltin, xushbo‘y smola va mirrani* chiqarib, unga tortiq etishdi.
12 Ammo Hirodning oldiga qaytmaslik haqida tushlarida Xudodan ogohlantirish olganlaridan keyin+, o‘z yurtlariga boshqa yo‘l bilan qaytib ketishdi.
13 Ular ketishgach, Yahovaning* farishtasi Yusufga tushida ko‘rinib+: «O‘rningdan tur, chaqaloqni va onasini olib Misrga qoch va men senga biror narsa aytmagunimcha o‘sha yerda qol. Chunki Hirod bolani o‘ldirish niyatida uni izlab topmoqchi»,— dedi.
14 U shu kechayoq o‘rnidan turib, chaqaloq bilan onasini oldi-da, Misrga jo‘nab ketdi
15 va Hirod vafot etguncha, o‘sha yerda qoldi. Bu esa, Yahovaning* payg‘ambar orqali: «Men o‘g‘limni Misrdan chaqirib olgan edim»+,— deb aytgan so‘zlari bajarilishi uchun sodir bo‘ldi.
16 Hirod munajjimlar tomonidan aldanganini payqagach, juda qattiq g‘azablanib, Baytlahm va uning tevarak-atrofidagi ikki yosh va undan kichik bo‘lgan hamma o‘g‘il bolalarni o‘ldirish uchun odamlarni yubordi. Bolaning yoshini esa, u munajjimlarning aytganlari bo‘yicha aniqladi+.
17 Shu yo‘sin, Yeremiyo payg‘ambar orqali aytilgan ushbu so‘zlar bajo bo‘ldi:
18 «Ramadan dod-faryod va yig‘i-sig‘i tovushi eshitilardi. Rohila+ bolalari uchun yig‘lab, yupanishni hech istamasdi, chunki ular endi yo‘q»+.
19 Hirodning o‘limidan keyin, Misrda Yahovaning* farishtasi Yusufga tushida ko‘rinib+,
20 shunday dedi: «O‘rningdan tur, chaqaloqni va onasini olib Isroil yurtiga bor, chunki chaqaloqning joniga qasd qilmoqchi bo‘lganlar o‘lib ketishdi».
21 Shunda u o‘rnidan turib, chaqaloq bilan onasini oldi-da, Isroil yurtiga qaytib keldi.
22 Lekin Yahudiyada Hirodning o‘rniga uning o‘g‘li Arxelay podshohlik qilayotganini eshitib, u yerga borishdan qo‘rqdi. Shuningdek, tushida Allohdan ogohlantirish olib+ Jalila hududiga yo‘l oldi+.
23 U yerga kelgach, Nosira shahrida joylashdi+. Bu payg‘ambarlar orqali: «U nosiralik* deb atalgay»+,— degan so‘zlar bajarilishi uchun yuz berdi.
Izohlar
^ Ibr. «nihol» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.