Matto 7:1-29

  • ISONING TOG‘DAGI VA’ZI (1-27)

    • Hukm qilmaslik (1-6)

    • So‘rab, izlab, taqillatib turish (7-11)

    • Oltin qoida (12)

    • Tor darvoza (13, 14)

    • shlaridan bilib olasizlar (15-23)

    • Qoyatosh va qum ustida qurilgan uylar (24-27)

  • Xaloyiq Isoning ta’lim berishiga qoyil qoldi (28, 29)

7  Hech kimni hukm qilmanglar+, shunda hukmga duchor bo‘lmaysizlar.  Chunki sizlar qay tarzda hukm qilsangiz, Xudo ham sizlarni shu tarzda hukm qiladi+. Sizlar boshqalarga qanday muomala qilsangiz, ular ham sizlarga shunday muomala qilishadi*+.  Nega birodaringizning ko‘zidagi cho‘pga qaraysiz-u, o‘z ko‘zingizdagi xodani ko‘rmaysiz?+  O‘z ko‘zingizda xoda bo‘la turib, qanday qilib birodaringizga: “Keling, ko‘zingizdagi cho‘pni chiqarib olay”,— deysiz?  Ey ikkiyuzlamachi! Avval o‘z ko‘zingizdagi xodani chiqarib tashlang, o‘shandagina birodaringizning ko‘zidagi cho‘pni qanday chiqarish kerakligini ko‘ra olasiz.  Muqaddas narsani itlarga bermanglar va marvaridlaringizni cho‘chqalar oldiga sochmanglar+, toki ularni oyog‘osti qilib, so‘ng o‘girilib, o‘zlaringizni ham tilka-pora qilib tashlamasin.  So‘rab turinglar va sizlarga beriladi+, izlab turinglar va topasizlar, taqillatib turinglar va sizlarga eshik ochiladi+.  Chunki so‘raganga beriladi+, izlagan topadi, taqillatganga eshik ochiladi.  Chindan ham, qay biringiz bolangiz non so‘rab kelsa, unga tosh berasiz? 10  Yoki baliq so‘rasa, unga ilon berasiz? 11  Shunday ekan, agar sizlar gunohkor bo‘la turib bolalaringizga yaxshi hadyalarni bera bilsangiz, samoviy Otangiz ham Undan so‘raganlarga+ yaxshi narsalarni+ berishi muqarrar! 12  Xullas, odamlar sizlarga qanday munosabatda bo‘lishini xohlasangiz, sizlar ham ularga shunday munosabatda bo‘linglar+. Zero, Tavrot va payg‘ambarlar kitoblarining mohiyati shundadir+. 13  Tor darvozadan kiringlar+, sababi halokatga olib boradigan darvoza keng, yo‘l esa enlidir. Ko‘plar shu yo‘ldan yuradi. 14  Hayotga olib boradigan darvoza esa tang va yo‘li tordir. Bu yo‘lni topadiganlar oz+. 15  Soxta payg‘ambarlardan ehtiyot bo‘linglar+. Ular yoningizga qo‘y qiyofasida keladilar+, aslida esa ular vahshiy bo‘rilardir+. 16  Ularni ishlaridan* bilib olasizlar. Axir, qaysi inson tikanakdan uzum yoki yantoqdan anjir teradi?+ 17  Xuddi shunday har bir yaxshi daraxt yaxshi meva beradi, yomon daraxt esa yomon meva beradi+. 18  Yaxshi daraxt yomon meva berolmaganidek, yomon daraxt ham yaxshi meva berolmaydi+. 19  Yaxshi meva bermaydigan har bir daraxt esa chopilib, olovga tashlanadi+. 20  Shunday qilib, o‘sha odamlarni ishlaridan bilib olasizlar+. 21  Menga: “Hazratim, Hazratim”,— deb murojaat qilgani bilan, har kim ham Samoviy Shohlikka kirolmaydi, faqat osmondagi Otamning xohishini bajargan kishigina bunga erishadi+. 22  O‘sha kuni ko‘pchilik menga: “Hazratim, Hazratim+, axir biz sizning nomingiz bilan bashorat qilmaganmidik, sizning nomingiz bilan jinlarni quvib chiqarmaganmidik va sizning nomingiz bilan qudratli ishlarni bajarmaganmidik?”+ — deydi. 23  Shunda men ularga: “Sizlarni hech ham tanimayman! Ketinglar yonimdan, ey qonunbuzarlar!”+ — deb aytaman. 24  Binobarin, mening so‘zlarimni tinglab, ularga amal qilayotgan har kim, uyini qoyatosh ustida qurgan aqlli kishiga o‘xshaydi+. 25  Yomg‘irlar yog‘ib, sellar toshib, shiddatli shamollar esganda ham uy buzilmabdi, chunki u qoyatosh ustida qurilgan edi. 26  Biroq mening so‘zlarimni eshitib, amal qilmagan har bir kishi, uyini qum ustida qurgan aqlsiz odamga o‘xshab qoladi+. 27  Yomg‘irlar yog‘ib, sellar toshib, shiddatli shamollar esgan ekan, o‘sha uy buzilib xarobaga aylanibdi»+. 28  Iso so‘zlarini tugatganida, xaloyiq uning ta’lim berish tarziga qoyil qolgan edi+. 29  Sababi Iso ulamolar singari emas, balki Allohdan vakolat olgan kishiday o‘rgatardi+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «sizlar qanday o‘lchov bilan o‘lchasangiz, o‘zlaringizga ham shunday o‘lchov bilan o‘lchab berishadi».
So‘zma-so‘z «mevalaridan».