Rimliklarga 10:1-21
10 Birodarlar, yuragimdagi yaxshi niyat hamda Allohga bo‘lgan iltijolarim, isroilliklarning najot topishi haqidadir+.
2 Xudoning xizmatida ularning g‘ayrati borligiga o‘zim shohidman+, ammo bu g‘ayrat aniq bilimga muvofiq emas.
3 Boisi, ular Tangrining adolatini bilmay+, o‘zlarining adolatini o‘rnatmoqchi bo‘lib+, Allohning adolatiga bo‘ysunishmadi+.
4 Axir Tavrot Masihda tugayapti+. Shunday ekan, imonni namoyon etgan har bir kishi odillikka ega bo‘la oladi+.
5 Muso payg‘ambar Tavrot orqali erishiladigan odillik to‘g‘risida shunday yozgan: «Ularga rioya qilgan kishi ular tufayli yashaydi»+.
6 Imonning natijasida paydo bo‘luvchi odillik haqida esa shunday deyilgan: «O‘zingcha+: Masihni olib tushish uchun “kim osmonga ko‘tariladi?”+
7 yoki Masihni tiriltirish uchun “kim tubsizlikka tushadi?”+ — deya ko‘rma».
8 Muqaddas Yozuvlarda nima deyilgan? «Bu so‘zlar sizlarga yaqin, sizlarning og‘zingiz va qalbingizdadir»+. «Bu so‘zlar» — biz va’z qilayotgan imon kalomi.
9 Agar o‘z og‘zing bilan Isoning Hazrat ekanini ochiqdan-ochiq e’lon qilayotgan bo‘lsang+ va Alloh uni tiriltirganiga chin qalbdan ishonsang, qutqarilasan.
10 Sababi, chin qalbdan ishongan kishi odillikka erishadi, ushbu imon haqida ochiqdan-ochiq e’lon qilgan kishi+ esa najot topadi.
11 Muqaddas Yozuvlarda: «Imonini unga asoslagan kishining umidi puchga chiqmaydi»+,— deb aytilgan.
12 Yahudiy va yunon orasida hech qanday farq yo‘q+, chunki hammaning Rabbi* bir va Uning ismini chaqiradigan hamma Undan baraka topadi.
13 Ha, «Yahovaning* ismini aytib chaqirgan har bir odam qutqariladi»+.
14 Lekin ishonmay turib Uni qanday chaqirishadi? U haqda eshitmagan bo‘lishsa-chi, Unga qanday ishonishadi? Va’z qiluvchi bo‘lmasa, qanaqasiga eshitishadi?
15 Agarda yuborilmagan bo‘lishsa, qay yo‘sin va’z qilishadi?+ Muqaddas Yozuvlarda aytilganidek: «Xushxabarni e’lon qilib yurganning qadamlari naqadar go‘zal!»+
16 Biroq xushxabarga ularning hammasi ham itoat etmadi. Bu to‘g‘risida Ishayo payg‘ambar shunday deb yozgan: «Ey Yahova*, bizdan eshitgan xabarga kim ishonadi?»+
17 Demak, kalomni eshitgach imon paydo bo‘ladi+. Kalomni esa birov Masih haqida gapirganda eshitishadi.
18 Ammo men shunday deb so‘rayapman: nima, ular eshitishmadimi? «Ularning tovushi yerning to‘rt tarafiga, ularning xabari zaminning chekkalariga qadar yetib bordi»+.
19 Yana savol beryapman: nima, Isroil xalqi bilmaganmi?+ Boshida Muso payg‘ambar shunday degan: «Arzimas xalq orqali sizlarda rashk qo‘zg‘ataman, aqlsiz xalq orqali sizlarda qattiq g‘azab qo‘zg‘ataman»+.
20 Ishayo payg‘ambar bo‘lsa, jasoratga to‘lib: «Qidirmagan kishilar Meni topishdi+, Meni so‘ramaganlarga O‘zimni oshkor etdim»+,— degan.
21 Isroil haqida esa Tangri shunday deb aytgan: «Kun bo‘yi shu itoatsiz va o‘jar xalqga qo‘llarimni cho‘zdim»+.