Titusga 2:1-15
2 Sen esa bundan buyon ham sog‘lom ta’limotga munosib narsalarni gapirgin+.
2 Yoshi ulug‘ erkaklar har narsada me’yorini biladigan, jiddiy, aqli raso, imonda, sevgida va sabr-bardoshda mustahkam bo‘lishsin.
3 Xuddi shunday, yoshi ulug‘ ayollar ham o‘zlarini muqaddas kishilarga munosib tarzda tutib, tuhmat qilishmasin, mayxo‘rlikka ruju qo‘ymay, yaxshilikka o‘rgatadigan kishilar bo‘lishsin.
4 Ular kelinlarga nasihat berib, erlarini, farzandlarini sevishga,
5 aqli raso, axloqan pok, ro‘zg‘orga jonkuyar, himmatli bo‘lishga, erlariga bo‘ysunishga o‘rgatishsin+. Toki Allohning kalomi haqoratlanmasin.
6 Shuningdek, yoshlarni ham aqli raso bo‘lishga undab tur+.
7 Ezgu ishlar qilishda har tomonlama ularga ibrat ko‘rsat. To‘la jiddiyat bilan pok narsalar haqida* ta’lim ber+.
8 Birov ayblashga asos topolmaydigan, foydali so‘zlarni gapir+, toki dushmanlar biz haqimizda yomon so‘z aytolmay, uyatga qolsinlar+.
9 Qullar barcha narsada xo‘jayinlariga bo‘ysunib+, gap qaytarishmasin, balki ularni mamnun etishsin.
10 O‘g‘rilik qilishmasin+, aksincha, to‘la ishonchga loyiq ekanliklarini ko‘rsatishsin. Shu yo‘sin ular har narsada Qutqaruvchimiz Xudoning ta’limotini bezashadi+.
11 Allohning inoyati oshkor bo‘lib, har turli insonlarga najot keltirmoqda+.
12 Bu inoyat imonsizlikni va dunyoviy istaklarni rad etib+, hozirgi zamonda* aqli raso, odil hamda xudojo‘y bo‘lib yashashga o‘rgatmoqda+.
13 Shu orada biz buyuk Allohimizning hamda Najotkorimiz Iso Masihning ulug‘vor tarzda oshkor bo‘lishlarini va muborak umidimiz amalga oshishini kutyapmiz+.
14 Masih bizni har qanday qonunsizlikdan ozod etib+, o‘zi uchun o‘zgacha bir mulkni, ya’ni yaxshi ishlarga g‘ayratli bir xalqni pok qilish uchun+ o‘zini fido qildi+.
15 Bu haqda gapirishda, nasihat qilishda* va to‘la huquq bilan tanbeh berishda davom et+. Hech kim seni kamsitmasin.