Vahiy 12:1-17
12 Osmonda buyuk bir alomat — quyoshga burkangan ayol+ paydo bo‘ldi. Uning oyoqlari ostida oy, boshida esa 12 yulduzli toji bor edi.
2 U homilador bo‘lib, og‘riq va to‘lg‘oq azobidan baqirardi.
3 Keyin osmonda yana bir alomat — yetti boshli, o‘nta shoxli va boshlarida yettita toji bo‘lgan otashin qizil rangli katta ajdaho+ paydo bo‘ldi.
4 U dumi bilan samoviy yulduzlarning+ uchdan bir qismini sidirib yerga uloqtirdi+. Ushbu ajdaho tug‘ayotgan ayolning+ farzandini yutib yuborish uchun uning oldida turgandi.
5 Ayol o‘g‘il ko‘rdi+. Bu o‘g‘il barcha xalqlarni temir hassa bilan boqishi kerak+. Shu zahoti ayolning bolasi Xudoning huzuriga, Uning taxtiga olib ketildi.
6 Ayol esa sahroga, Alloh u uchun tayyorlab qo‘ygan joyga qochib ketdi. U yerda u 1 260 kun boqilishi lozim+.
7 Osmonda jang bo‘ldi: Mikoil*+ o‘z farishtalari bilan ajdahoga qarshi jang qildi. Ajdaho ham o‘z farishtalari bilan ularga qarshi chiqdi.
8 Ammo ular yengildi*. Endi osmonda ularga boshqa joy qolmadi.
9 Shunday qilib, butun yer yuzini yo‘ldan ozdirib yurgan+ buyuk ajdaho+, Iblis+ va Shayton+ deb atalgan almisoq ilon+ o‘z farishtalari bilan birga yer yuziga otildi+.
10 So‘ng osmondan baland ovoz bilan aytilgan ushbu so‘zlarni eshitdim:
«Endi Xudoyimizning najoti+, kuch-qudrati, Shohligi+ va Masihining hukmronligi keldi. Chunki Allohning oldida birodarlarimizni kecha-yu kunduz ayblayotgan tuhmatchi+ pastga otildi!
11 Ular Qo‘zining qoni+ va e’lon qilayotgan xabarlari* bilan+ uni yengishdi+. Hatto o‘limga yuz tutganda ham, ular o‘z jonini* ayashmadi+.
12 Shu bois shodlaning, ey, osmon-u falak va unda yashovchilar! Ammo yer va dengizning+ holiga voy! Zero Iblis vaqti oz qolganini bilib, mudhish qahr-g‘azab ila oldingizga tushdi»+.
13 Ajdaho o‘zining yerga otilganini ko‘rgach+, o‘g‘il tuqqan ayolni+ ta’qib qila boshladi.
14 Ammo ayol cho‘lga, u uchun hozirlab qo‘yilgan joyga uchishi uchun, unga katta burgutning ikkita qanoti+ berildi. Ayol u yerda ilondan+ yiroqda bir muddat, ikki muddat* va yarim muddat* vaqt boqiladi+.
15 Shunda ilon og‘zidan daryoday suv chiqarib, ayolni daryoda cho‘ktirmoqchi bo‘ldi.
16 Ammo yer ayolga yordamga kelib, og‘zini ochdi-da, ajdaho og‘zidan chiqargan daryoni yutib yubordi.
17 Ajdaho esa ayolga darg‘azab bo‘lib, uning zurriyotidan*+ qolganlarga va Xudoning amrlarini bajarayotgan hamda Iso haqda shohidlik qilayotganlarga+ qarshi jangga chiqdi.
Izohlar
^ Ma’nosi «Xudoga o‘xshash kim bor?»
^ Boshqa variant «Ammo u [ya’ni ajdaho] yengildi».
^ So‘zma-so‘z «shohidlik kalomi».
^ So‘zma-so‘z «muddatlar».
^ Ya’ni uch yarim muddat.
^ So‘zma-so‘z «urug‘idan».