Vahiy 16:1-21

  • Xudoning yettita qahr kosasi (1–21)

    • Yerga (2), dengizga (3), daryolaru buloqlarga (4–7), quyoshga (8, 9), yirtqich hayvonning taxtiga (10, 11), Furot daryosiga (12–16) va havoga to‘kiladi (17–21)

    • Xudoning Armageddon jangi (14, 16)

16  Men muqaddas joydan*+ yettita farishtaga baland ovozda quyidagicha deyilganini eshitdim: «Boringlar, Xudoning yettita qahr kosasini yerga to‘kib yuboringlar!»+  Birinchi farishta borib kosasini yer yuziga to‘kdi+. Shunda yirtqich hayvonning tamg‘asiga ega bo‘lgan+ va uning tasviriga sig‘ingan kishilarda+ dardli va yomon yiringli yaralar+ paydo bo‘ldi.  Ikkinchi farishta kosasini dengizga to‘kdi+ va u o‘likning qoniga o‘xshash tus oldi+. Dengizdagi har qanday tirik jon halok bo‘ldi+.  Uchinchi farishta kosasini daryolar-u buloqlarga to‘kdi+ va ular ham qonga aylandi+.  Men suvlar farishtasi shunday deganini eshitdim: «Hozir bor, ilgari ham mavjud bo‘lgan+ sadoqatli Allohimiz+, Sen odilsan. Zero bunday hukmlarni Sen chiqarding+.  Ular muqaddas kishilar-u payg‘ambarlarning qonini to‘kishgani uchun+, ularga ichgani qon berding+. Ular bunga loyiqdir»+.  Keyin esa qurbongohning quyidagi so‘zlarini eshitdim: «Ha, Qodir Tangrimiz Yahova*+, Sening hukmlaring to‘g‘ri va adolatlidir»+.  To‘rtinchi farishta kosasini quyoshga to‘kdi+ va quyoshga odamlarni olov bilan kuydirishga izn berildi.  Jazirama odamlarni kuydirardi, ammo ular bu o‘latlarga hukmi o‘tadigan Xudoning ismiga la’nat aytishardi. Ular na tavba qilishdi, na Uni sharaflashdi. 10  Beshinchi farishta kosasini yirtqich hayvonning taxtiga to‘kib yubordi va uning saltanati zimistonga chulg‘andi+. Shunda odamlar og‘riqdan tillarini tishlay boshlashdi. 11  Lekin ular og‘riqlari va yaralari uchun samoviy Xudoni la’natlashdi va qilgan ishlaridan pushaymon bo‘lishmadi. 12  Oltinchi farishta kosasini buyuk Furot daryosiga+ to‘kdi va kunchiqardan bo‘lgan shohlarga yo‘l hozirlanishi uchun+ uning suvlari qurib qoldi+. 13  So‘ngra ajdahoning+ og‘zidan, yirtqich hayvonning og‘zidan va soxta payg‘ambarning og‘zidan baqaga o‘xshagan uchta nopok vahiy* chiqayotganini ko‘rdim. 14  Bu vahiylar aslida jinlardan bo‘lib, ular mo‘jizalar yaratishyapti+. Ular Qodir Allohning ulug‘ kunida+ yuz beradigan jangga barcha jahon shohlarini to‘plash uchun chiqishyapti+. 15  «Mana, men o‘g‘ri kabi kelyapman+. Yalang‘och yurib, sharmanda bo‘lmaslik uchun ustki kiyimini asrab+, bedor turgan kishi+ baxtlidir». 16  Ular shohlarni ibroniycha Armageddon*+ deb atalmish joyga to‘pladilar. 17  Yettinchi farishta kosasini havoga to‘kib yubordi. Muqaddas joydagi*+ taxtdan: «Amalga oshdi!» — degan baland sado keldi. 18  Shunda chaqmoqlar chaqib, tovushlar eshitildi, momaqaldiroq gumburlab, qattiq zilzila bo‘ldi. Bunday qattiq zilzila odamlar paydo bo‘lganidan buyon yuz bermagan+. 19  Buyuk shahar+ uch qismga bo‘linib, xalqlarning shaharlari quladi. Xudo O‘z qahr-g‘azab sharobi bilan to‘lgan kosani berish uchun+ Buyuk Bobilni+ esladi. 20  Har bir orol qochdi va tog‘lar ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi+. 21  Osmondan odamlarning ustiga og‘irligi bir talant* keladigan yirik do‘l yog‘di+. Odamlar esa do‘l o‘lati+ uchun Xudoga la’nat aytishdi. Chunki bunday o‘lat nihoyatda kuchli edi.

Izohlar

Ya’ni ma’badning Eng muqaddas xonasidan.
So‘zma-so‘z «ruh».
Yun. Hor-Magido‘n. Lug‘atga q.
Ya’ni ma’badning Eng muqaddas xonasidagi.
Yunon talanti=20,4 kg. Ilovaning B14 mavzusiga q.