Vahiy 4:1-11
4 Shundan so‘ng bir qaragan edim, osmonda ochiq bir eshikni ko‘rdim. Ilgari ham eshitgan karnayga o‘xshash bir ovozni eshitdim. U menga: «Bu yoqga chiq, senga yuz beradigan voqealarni ko‘rsataman»,— dedi.
2 Shu zahoti men muqaddas ruh ta’sirida qolib, samoda bir taxt turganini va unda bir shaxs o‘tirganini ko‘rdim+.
3 O‘tirgan shaxsning ko‘rinishi yashma+ va serdolik toshi* kabi edi. Taxti atrofida esa zumradga o‘xshash bir kamalak bor edi+.
4 Taxt atrofida 24 ta taxt turar va ularda oq libos kiygan, boshlarida oltin tojlari bor 24 ta oqsoqol+ o‘tirardi.
5 Taxtdan chaqmoq chaqib+, momaqaldiroq guldurab, ovozlar chiqardi+. Taxt oldida yettita yonib turgan moychiroq bor bo‘lib, ular Tangrining yettita ruhini anglatadi+.
6 Yana taxtning oldida oynaga o‘xshagan billurday dengizni+ ko‘rdim.
Taxtning o‘rtasi-yu atroflarida to‘rtta jonzot bor bo‘lib+, ularning oldi va orqasi ko‘zlar bilan qoplangandi.
7 Birinchi jonzot sherga+, ikkinchisi buqaga+, uchinchi jonzotning+ yuzi insonnikiga, to‘rtinchi jonzot+ esa uchayotgan burgutga o‘xshardi+.
8 To‘rtala jonzotning har birida oltitadan qanot bor bo‘lib, ichin-tashin, har taraflama ko‘zlar bilan qoplangan edi+. Ular kecha-yu kunduz tinmay ushbu so‘zlarni aytishmoqda: «O‘tmishda bo‘lgan, hozir bor va kelajakda bor bo‘ladigan Qodir Alloh+ Yahova* muqaddas, muqaddas, muqaddasdir»+.
9 Ushbu jonzotlar taxtda O‘tirgan, abadulabad Yashovchiga+ har safar shon-sharaf va shukronalar aytishganda,
10 24 ta oqsoqol+ taxtda O‘tirganning oldida tiz cho‘kib, abadulabad Yashovchiga tiz cho‘kib sajda qilishardi va tojlarini taxt oldida otib yuborib, shunday deyishardi:
11 «Ey Allohimiz Yahova*, Sen shon-sharaf+ va kuch-qudratni+ egallashga loyiqsan, chunki Sen butun borliqni yaratding+ va hamma narsa Sening irodang ila yaratilgan va mavjuddir».