Vahiy 5:1-14
5 Taxtda O‘tirganning+ o‘ng qo‘lida, oldi va orqasiga yozilgan, yettita muhr bilan muhrlangan o‘rama bitikni ko‘rdim.
2 Shuningdek, men kuchli farishtani ham ko‘rdim. U baland ovozda shunday e’lon qilardi: «O‘rama bitikdan muhrlarni yechib, uni ochishga loyiq kim bor?»
3 Ammo osmonda ham, yerda ham, yer ostida ham o‘rama bitikni ochib ichiga nazar sola oladigan hech kimsa yo‘q edi.
4 O‘rama bitikni ochib ichiga nazar solishga loyiq zot topilmagani uchun men ko‘p yig‘ladim.
5 Lekin bir oqsoqol menga shunday dedi: «Yig‘lama. Mana, Yahudo qabilasidan+ bo‘lgan Arslon, Dovudning+ ildizi+ g‘olib chiqdi+. Shu sababli, o‘rama bitikdagi yetti muhrni u yechadi».
6 Taxt yonida*, to‘rt jonzot hamda oqsoqollar o‘rtasida+ xuddi bo‘g‘izlanganday+ bir qo‘zi+ turganini ko‘rdim. Uning yettita shoxi va yettita ko‘zi bor edi. Bu ko‘zlar, Allohning butun yer yuziga yuborgan yettita ruhini+ bildiradi.
7 Qo‘zi darhol borib taxtda O‘tirganning+ o‘ng qo‘lidagi o‘rama bitikni oldi.
8 U o‘rama bitikni olganida, to‘rt jonzot va 24 oqsoqol+ Qo‘zining oldida tiz cho‘kishdi. Ularning har birida arfa va tutatqiga to‘ldirilgan oltin kosa bor edi. (Tutatqi muqaddas kishilarning ibodatlaridir.)+
9 Ular ushbu yangi qo‘shiqni kuylashardi+: «Sen o‘rama bitikni olib, muhrini yechishga loyiqsan, zero sen bo‘g‘izlanib, Xudo uchun o‘z qoning evaziga+ barcha qabila, til, xalq va millatlardan insonlarni sotib olding+.
10 Ulardan Xudo uchun bir shohlik yaratib+, Uning ruhoniylari etib tayinlading+. Ular yer yuzi ustidan shohlik qiladilar»+.
11 So‘ng taxt, jonzotlar va oqsoqollar atrofida turgan tumonat farishtalarning ovozini eshitdim. Ularning soni o‘n minglarcha o‘n minglar va ming-minglarcha edi+.
12 Ular baland ovozda: «Bo‘g‘izlangan Qo‘zi+ qudrat, boylik, donolik, kuch, sharaf, shuhrat va hamd-u sanoga loyiqdir!»+ — deyishardi.
13 Ko‘kdagi, yerdagi, yer ostidagi+ va dengizdagi barcha jonzotlar ushbu so‘zlarni aytayotganini eshitdim: «Taxtda O‘tirganga+ va Qo‘ziga+ abadulabad hamd-u sano, shon-sharaf+, shuhrat va qudrat bo‘lsin»+.
14 To‘rt jonzot: «Omin!» — dedi. 24 oqsoqol esa tiz cho‘kib Allohga sajda qildi.
Izohlar
^ Yoki «markazda».