Yeremiyo 25:1-38

  • Yahova xalqlar bilan da’volashadi (1-38)

    • Xalqlar 70 yil Bobil shohiga xizmat qilishadi (11)

    • Xudoning qahr sharobi to‘ldirilgan kosa (15)

    • Falokat bir xalqdan ikkinchisiga o‘tib keladi (32)

    • Yahova qirib tashlagan odamlarning jasadlari (33)

25  Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqim+ hukmronligining to‘rtinchi yili, Bobil shohi Navuxodonosor hukmronligining birinchi yili, Xudo Yeremiyoga butun Yahudo xalqi borasida O‘z so‘zini ayon qildi.  Yeremiyo payg‘ambar butun Yahudo xalqi va Quddus aholisi haqida* quyidagilarni aytdi:  «Yahudo shohi Omon o‘g‘li Yo‘shiyo+ hukmronligining 13- yilidan to shu kungacha, 23 yil davomida menga Yahovaning so‘zi ayon bo‘lib turdi. Men sizlarga qayta-qayta gapirdim. Lekin sizlar quloq solmadingiz+.  Yahova sizlarga barcha xizmatchilari — payg‘ambarlarini yubordi, qayta-qayta jo‘natib turdi. Ammo sizlar tinglamadingiz, quloq tutmadingiz+.  Ular shunday deyishardi: “Iltimos, har biringiz yomon yo‘llaringizdan qaytib, yovuz ishlaringizni tashlang+. Shunda, Yahova qadimda ota-bobolaringizga va sizlarga bergan yurtda uzoq umr kechirasiz.  Boshqa xudolarga ergashmanglar, ularga xizmat ham, sajda ham qilmanglar. Butlar yasab Meni xafa qilmanglar. Yo‘qsa boshingizga kulfat keltiraman”.  “Sizlar Menga quloq solishning o‘rniga, butlar yasab Meni ranjitdingiz, boshingizga balo orttirdingiz”+,— demoqda Yahova.  Shu sababdan, Qo‘shinlar Sarvari Yahova demoqda: “Mening so‘zlarimga quloq solmaganingiz uchun,  shimoldagi barcha qabilalarni chaqiryapman+,— demoqda Yahova. — Mening xizmatchim bo‘lgan Bobil shohi Navuxodonosorni chaqiryapman+. Men ularni bu yurtga+, uning barcha aholisiga va atrofidagi barcha xalqlarga qarshi olib kelaman+. Men sizlarni va ushbu xalqlarni halok qilib, dahshatli ahvolga solaman. Buni ko‘rganlar hushtak chalishadi. Abadiy xarobazorga aylanasizlar. 10  Men shodiyona va xursandchilik hayqiriqlariga chek qo‘yaman+. Kelin-kuyovning ovozi+, qo‘l tegirmonining tovushi eshitilmaydi, moychiroqning nurini o‘chiraman. 11  Butun bu yurt xarobazorga aylanadi, dahshatli ahvolga tushadi va bu xalqlar 70 yil davomida Bobil shohiga xizmat qilishadi”+. 12  “Biroq 70 yil tugaganida+, Men Bobil shohini va bu xalqni ayblari uchun javobgarlikka tortaman+,— demoqda Yahova. — Xaldeylarning yurtini abadiy kimsasiz yerga aylantiraman+. 13  Men bu yurtga qarshi aytgan barcha so‘zlarimni, Yeremiyo barcha xalqlarga qarshi bashorat qilgan va bu kitobda yozilganlarni amalga oshiraman. 14  Ko‘p xalqlar va buyuk shohlar+ ularni qul qilib olishadi+. Men ularni qilgan ishlari va qilmishlariga yarasha jazolayman”»+. 15  Isroil Xudosi Yahova menga shunday dedi: «Qahr sharobi bilan to‘ldirilgan bu kosani qo‘limdan olib, Men seni qaysi xalqlar oldiga yuborsam, ularning barchasiga ichir. 16  Ular ichib olib, gandiraklab yurishadi. Ularning orasiga qilich yuborganim uchun, ular o‘zlarini aqldan ozganday tutishadi»+. 17  Shunday qilib, men Yahovaning qo‘lidagi kosani olib, Yahova meni qaysi xalqlar oldiga yuborgan bo‘lsa barchasiga ichirdim+. 18  Buni Quddusdan va Yahudo shaharlaridan+, uning shohlari-yu beklaridan boshladim. Toki ular vayron bo‘lib, dahshatli ahvolga tushsin, buni ko‘rganlar hushtak chalib, qarg‘aganda nomini tilga olishsin+. Ular bugun aynan shunday ahvolda. 19  So‘ng Misr fir’avni, uning xizmatkorlari, a’yonlari-yu butun xalqiga+, 20  shuningdek, u yerda yashovchi turli xalqlar, Uz yurtining barcha shohlari, filistimliklar+ yurtining barcha shohlari, Ashqalon+, G‘azo-yu Exron hamda Ashdodning omon qolganlariga, 21  Edom+, Mo‘ab+ va ommonliklarga+, 22  Tir va Sidonning+ barcha shohlari, dengizdagi orollarning shohlariga, 23  Dedon+, Temo, Buz va chakkalaridagi sochini qirdirib yuradiganlarga+, 24  arablarning barcha shohlari+, sahroda yashovchi turli xalqlarning barcha shohlariga, 25  Zimri, Elam+ va Midiyaning barcha shohlariga+, 26  uzoq va yaqinda bo‘lgan barcha shimol shohlari, birin-ketin butun yer yuzidagi jamiki shohliklarga ichirdim. Sheshax*+ shohi hammasidan keyin ichadi. 27  «Sen ularga shunday deb ayt: “Isroil Xudosi, Qo‘shinlar Sarvari Yahova demoqda: “Ichinglar, mast bo‘lib qusinglar. Orangizga qilich yuborayotganim uchun turmaydigan bo‘lib yiqilinglar”+. 28  Mabodo ular qo‘lingdan kosani olib ichishni rad etsa, ularga shunday deb ayt: “Qo‘shinlar Sarvari Yahova demoqda: “Ichishingiz shart! 29  Agar O‘z ismim bilan atalgan shaharga kulfat yuborayotgan bo‘lsam+, sizlar jazosiz qolamiz deb o‘ylaysizlarmi?”+ “Sizlar jazosiz qolmaysiz. Zero, Men butun yer yuzida yashovchilarga qarshi qilich yuboryapman”,— demoqda Qo‘shinlar Sarvari Yahova. 30  Ularga bu barcha so‘zlarni bashorat qilib ayt:“Yahova yuksaklikdan turib o‘kiradi,Muqaddas maskanidan sado beradi. Yerdagi doimiy makoniga qarab baland ovozda o‘kiradi. Uzum ezuvchilarday hayqiradi,Yer yuzidagi jamiki yashovchilar ustidan g‘olibona qo‘shiq kuylaydi”. 31  “Shovqin-suron yerning chetlariga qadar eshitiladi,Chunki Yahova xalqlar bilan bahslashadi. U hamma odamlar bilan shaxsan da’volashadi+. Yovuz insonni qilichdan o‘tkazadi”,— demoqda Yahova. 32  Qo‘shinlar Sarvari Yahova shunday demoqda: “Mana, falokat bir xalqdan ikkinchisiga o‘tib kelmoqda+.Yer yuzining chekkalaridan kuchli bo‘ron ko‘tariladi+. 33  O‘sha kuni Yahova qirib tashlagan odamlarning jasadlari yerning bir chetidan ikkinchi chetigacha yoyilib yotadi. Ular uchun hech kim aza tutmaydi. Ular na yig‘ib olinadi, na ko‘miladi. Ular go‘ngday yer ustida yotaveradi”. 34  Ey cho‘ponlar, o‘kirib yig‘lang, faryod qiling! Ey, suruvning ulug‘vor kishilari, tuproqga dumalang!Chunki qirib tashlanadigan va tarqatib yuboriladigan vaqtingiz keldi.Qimmatbaho idishday chilparchin bo‘lasiz! 35  Cho‘ponlarning qochadigan joyi yo‘q.Suruvning ulug‘vor kishilari qutula olmaydi. 36  Eshiting! Cho‘ponlar faryod qilmoqda,Suruvning ulug‘vor kishilari o‘kirib yig‘lamoqda,Chunki Yahova ularning yaylovini yo‘q qilib tashlamoqda. 37  Yahovaning g‘azabi alanga olgani uchun,Sokin maskanlarda tirik jon qolmadi. 38  U yosh sher singari+ uyasidan chiqdi.Shafqatsiz qilichHamda Uning otashin g‘azabidanUlarning yurti dahshatli ahvolga tushdi».

Izohlar

Boshqa variant «butun Yahudo xalqi va Quddus aholisiga».
Bobilning maxfiy nomi bo‘lsa kerak.