Yeremiyo 31:1-40

  • Omon qolganlarning yurtga joylashishi (1-30)

    • Rohila bolalari uchun yig‘laydi (15)

  • Yangi ahd (31-40)

31  Yahova demoqda: «O‘shanda Men Isroildagi barcha oilalarning Xudosi bo‘laman, ular esa Mening xalqim bo‘ladi»+.   Yahova shunday demoqda: «Isroil orom oladigan maskaniga ketayotganida,Qilichdan omon qolgan xalq sahroda Xudoning marhamatiga ega bo‘ldi».   Yahova uzoqdan menga zohir bo‘lib, dedi: «Senga bo‘lgan sevgim abadiy. Shu bois senga sodiq bo‘lib, seni O‘zimga jalb qildim*+.   Seni qayta quraman, sen yangidan barpo etilasan+. Ey, Isroilning bokira qizi, sen yana childirmalaringni qo‘lga olasan,Shod bo‘lib raqsga tushasan+.   Samariya tog‘larida yana uzumzorlar barpo etasan+.Bog‘bonlar tok ekib, hosilidan bahramand bo‘ladilar+.   Efrayim tog‘laridagi soqchilar bunday deb jar soladigan kun kelyapti: “Qani turinglar, Sionga ko‘tarilamiz, Allohimiz Yahovaning oldiga boramiz”»+.   Axir Yahova bunday demoqda: «Yoqub uchun shod bo‘lib hayqiring. Xursandchilikdan baqiring, chunki sizlar xalqlardan ustun bo‘ldingiz+. Buni e’lon qiling, Xudoga maqtovlar aytib, shunday deng:“Ey Yahova, O‘z xalqingni, Isroilning omon qolganlarini qutqar!”+   Men ularni shimoldagi yurtdan qaytarib olib kelaman+. Yerning olis joylaridan ularni yig‘ib olaman+. Ular orasida ko‘r va cho‘loq+,Homilador-u tug‘ayotgan ayol — hammasi birga bo‘ladi. Ular katta jamoat bo‘lib, bu yerga qaytib kelishadi+.   Ular yig‘lab kelishadi+. Ularni boshlab borayotganimda, marhamat ko‘rsatishni so‘rab iltijo qilishadi. Ularni oqar suvlarga olib boraman+,Qoqilib ketmasliklari uchun tekis yo‘ldan boshlab boraman. Chunki Men Isroilning Otasiman, Efrayim esa to‘ng‘ichimdir»+. 10  Ey xalqlar, Yahovaning so‘zini tinglang,Olisdagi orollarda buni e’lon qiling+: «Isroilni tarqatib yuborgan Zot ularni qayta yig‘ib oladi. Cho‘pon qo‘ylarini qo‘riqlaganday ularni qo‘riqlaydi+. 11  Zero, Yahova Yoqub avlodlarini ozod qiladi*+.O‘zlaridan kuchliroq bo‘lganlar qo‘lidan ularni qutqaradi+. 12  Ular kelib Sion tepaligida quvonchdan hayqirishadi+.Yahovaning himmatidan,Don, yangi sharob+ va moydan,Qo‘y-echkilar-u qoramollar bolalaganidan+ yuzlaridan nur yog‘ilib turadi. Ular yaxshi sug‘orilgan bog‘day bo‘lishadi+,Hech qachon qurib qolishmaydi»+. 13  «Qizlar xursand bo‘lib raqs tushadi,Yigitlar-u qariyalar ularga qo‘shiladi+. Ularning motamini quvonchga aylantiraman+. Ularni yupataman, qayg‘u o‘rniga ularga shodlik ato etaman+. 14  Ruhoniylarga mo‘l ozuqa beraman.Xalqim ularga beradigan ne’matlarimdan to‘yadi»+,— demoqda Yahova. 15  Yahova shunday demoqda: «Ramadan+ faryod va achchiq yig‘i tovushi eshitilmoqda. Rohila bolalari uchun yig‘lab+, O‘g‘illari uchun yupanishni hech istamayapti,Chunki ular endi yo‘q»+. 16  Yahova shunday demoqda: «“Bo‘ldi bas, yig‘lama, ko‘z yosh to‘kma,Qilgan mehnating uchun seni taqdirlayman,— demoqda Yahova. — Ular dushman yurtidan qaytib kelishadi”+. 17  “Senda kelajakka umid bor+,— demoqda Yahova. — O‘g‘illaring o‘z yeriga qaytib keladi”»+. 18  «Men Efrayimning ingrashini aniq eshitdim:“Sen meni to‘g‘ri yo‘lga solding va men o‘zgardim.Men bo‘yinturuqga o‘rganmagan buzoqday edim. Meni orqaga qaytar va men jon deb qaytib boraman,Chunki Sen mening Xudoyim Yahovasan. 19  Men pushaymon bo‘lib ortga qaytdim+.Es-hushim joyiga kelgach, qayg‘u ichida sonlarimga urdim. Chunki yoshligimda qilgan ishlarim dastidan,Men sharmanda bo‘lib, kamsitildim”»+. 20  «Efrayim qadrli o‘g‘lim, suyukli farzandim emasmi?!+ Unga qarshi qancha gapirsam ham, u hamon yodimda-ku! Shuning uchun unga ichim achidi+. Unga albatta rahm qilaman»,— demoqda Yahova+. 21  «O‘zing uchun yo‘l belgilarini qo‘yib,Yo‘l ko‘rsatuvchi tosh ustunlar o‘rnat+. Yurishing kerak bo‘lgan katta yo‘lga e’tibor ber+. Qayt, ey Isroilning bokira qizi! O‘zingga tegishli shaharlarga qayt. 22  Qachongacha ikkilanasan, ey bevafo qiz? Yahova yer yuzida yangi narsa yaratdi: Endi ayol erkak ortidan yuguradi». 23  Isroil Xudosi, Qo‘shinlar Sarvari Yahova shunday demoqda: «Men ularning asirlikda bo‘lganlarini qayta yig‘ib olganimda, ular yana Yahudo yurti va uning shaharlarida: “Ey odillik maskani+, ey muqaddas tog‘+, Yahova senga baraka bersin!” — deydigan bo‘lishadi. 24  Yahudo va uning barcha shaharlarida odamlar yashaydi, dehqonlar-u cho‘ponlar bu yerda birlikda istiqomat qilishadi+. 25  Men charchaganlarga tetiklik, holdan toyganlarga quvvat beraman»+. 26  Shunda uyg‘onib, ko‘zlarimni ochdim. Uyqum shirin edi. 27  «Mana, shunday kunlar kelyaptiki,— demoqda Yahova,— Men Isroil bilan Yahudo xonadonidagilarni ko‘paytiraman. Ularning chorvasini ham ko‘paytiraman»+. 28  «Ularni tag-tomiri bilan qo‘porish, qulatish, buzish, vayron qilish va ziyon yetkazish uchun kuzatib turganimday+, endi bunyod etish va ekish uchun ham ularni kuzatib turaman»+,— demoqda Yahova. 29  «O‘sha kunlarda ular: “Otalar nordon uzum yeyishgan edi, o‘g‘illarining tishlari qamashdi”+,— demaydigan bo‘lishadi. 30  Aksincha, har bir kishi o‘zining gunohi uchun o‘ladi. Kimki nordon uzum yesa, o‘shaning tishlari qamashadi». 31  «Mana, shunday kunlar kelyaptiki,— demoqda Yahova,— Men Isroil va Yahudo xonadonlari bilan yangi ahd qilaman+. 32  Bu ahd, Men ularning ota-bobolari qo‘lidan ushlab Misr yurtidan olib chiqgan kuni qilgan ahdimga o‘xshamaydi+. “Garchi Men ularning chin xo‘jayini* bo‘lsam-da, ular Mening ahdimni buzishdi”+,— demoqda Yahova». 33  «O‘sha kunlardan keyin ular bilan qiladigan ahdim quyidagicha bo‘ladi,— demoqda Yahova. — Qonunimni ularning ichiga solib+, qalblariga yozib qo‘yaman+. Men ularning Xudosi bo‘laman, ular esa Mening xalqim bo‘lishadi»+. 34  «Endi hech biri o‘z yaqiniga va hech kim birodariga: “Yahovani tanib-bil”+,— deb o‘rgatmaydi. Chunki ularning bari, kichigidan tortib kattasigacha Meni biladigan bo‘ladi+,— demoqda Yahova.— Men ularning xatosini kechiraman va gunohini aslo yodga olmayman»+. 35  Kunduzi nur sochishi uchun quyoshni bergan,Kechasi nur sochishi uchun oy va yulduzlarga qonunlar o‘rnatgan,Dengizni junbushga keltirib, to‘lqinlarini shovullatadigan,Ismi Qo‘shinlar Sarvari Yahova+ bo‘lganTangri Yahova shunday demoqda: 36  «Bu qoidalar hech qachon buzilmaydi,— demoqda Yahova.— Shunday ekan, Isroil avlodlari hamisha Mening oldimda xalq bo‘lib qolaveradi»+. 37  Yahova shunday demoqda: «“Yuqoridagi osmonni o‘lchab bo‘lmaganiday, zamin poydevorini tekshirib bo‘lmaganiday, Men ham Isroil avlodlarini qilgan hamma ishlari uchun rad etmayman”,— demoqda Yahova»+. 38  «Mana, shunday kunlar kelyaptiki,— demoqda Yahova,— shahar Xanonil minorasidan+ tortib Burchak darvozasigacha+ Yahova uchun quriladi+. 39  O‘lchov ipi+ to‘ppa-to‘g‘ri Goriv tepaligigacha tortilib, Go‘ax tomon buriladi. 40  Jasadlar va kul* vodiysining hamma yeri, Qidron vodiysidan+ to sharqdagi Ot darvozasining+ burchagigacha cho‘zilgan dalalar Yahova uchun muqaddas bo‘ladi+. Bu hudud hech qachon vayron qilinmaydi, xarobaga ham aylanmaydi».

Izohlar

Yoki «mehr-sadoqatni namoyon etaverdim».
So‘zma-so‘z «qaytarib sotib oladi».
Boshqa variant «ularning eri».
Yoki «yog‘li kul», ya’ni qurbon qilingan jonliqlarning yog‘ini shimib olgan kul.