Zabur 109:1-31
Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Dovud sanosi. Qo‘shiq.
109 Ey, men madh aytadigan Xudo+, jim turma.
2 Yovuz va aldamchi kishilar menga qarshi og‘izlarini ochdi,
Ular men haqimda yolg‘on gapiryapti+.
3 Ular nafratga to‘la so‘zlari bilan meni qurshovga olib,Besabab menga hujum qilyapti+.
4 Mehrimga javoban ular menga qarshilik ko‘rsatyapti+,Ammo men Xudoga ibodat qilaveraman.
5 Ular yaxshiligimga yomonlik+,Sevgimga nafrat bilan javob qaytaryapti+.
6 Dushmanimni yovuz kishi hukm qilsin,Uning o‘ng tomonida qarshilik ko‘rsatuvchi* tursin.
7 Hukm qilinayotganda u aybdor deb topilsin,Ibodati ham gunoh deb hisoblansin+.
8 Uzoq umr ko‘rmasin+,Nozirlik vazifasini boshqasi olsin+.
9 Bolalari yetim,Xotini esa beva bo‘lib qolsin.
10 Bolalari tilanchilik qilib, sarson bo‘lsin,Xaroba uylarda yashab, non izlab yursin.
11 Qarz bergan kishi, uning bor-budini tortib olsin,Mol-mulkini begonalar talab ketsin.
12 Unga hech kim mehribonlik qilmasin*,Yetim bolalariga iltifot ko‘rsatmasin.
13 Uning nasli yo‘q bo‘lib ketsin+,Keyingi avlod ichidan ularning ismi o‘chib ketsin.
14 Ota-bobolarining qilmishlarini Yahova yodga olsin+,Onasining gunohi o‘chirib tashlanmasin.
15 Ularning qilgan ishini Yahova doimo esda tutsin,Ular haqidagi xotirani yer yuzidan o‘chirib tashlasin+.
16 Chunki u yaxshilik qilishni unutib+,Ezilgan+, ko‘ngli siniq va nochor kishilarni o‘ldirish niyatidaUlarni ta’qib qilaverdi+.
17 U qarg‘ashni yaxshi ko‘rgani uchun, o‘zining boshiga qarg‘ish yog‘ildi,Boshqalarni duo qilmagani uchun, o‘zi ham duo olmadi.
18 U qarg‘ishni kiyimday kiyib oldi.
Qarg‘ish badaniga xuddi suvday quyildi,Suyaklariga esa moy kabi singib ketdi.
19 Aytgan qarg‘ishi kiygan kiyimiday+,Doimo taqib yuradigan belbog‘iday bo‘lsin.
20 Menga qarshi chiqib,Yomon gaplarni aytgan kishiga Yahova shunday jazo beradi+.
21 Ey, Oliy Hukmdor Yahova!Isming haqqi menga yordam ber+.
Meni qutqar, chunki mehr-sadoqating cheksizdir+.
22 Zero, men nochor va faqirman+,Qalbim to‘la dard+.
23 Men yo‘qolib borayotgan ko‘lankadayman,Men xuddi chigirtkaday uloqtirib tashlandim.
24 Ro‘za tutganimdan tizzalarimda mador qolmadi,Ozib-to‘zib ketdim, tinkam quridi.
25 Ularga mazax bo‘ldim+.
Meni ko‘rganda ular bosh chayqaydi+.
26 Ey, Allohim Yahova, menga yordam ber,Mehr-sadoqating ila meni xalos et.
27 Buni Sening qo‘ling qilganini,Ey Yahova, menga najot berganingni ular bilsin.
28 Mayli ular qarg‘ayversin, ammo Sen baraka ber.
Ular menga qarshi ko‘tarilganda sharmanda bo‘lsin,Sening xizmatkoring esa quvonsin.
29 Menga qarshi chiqqanlar xo‘rlikni ko‘ylak,Sharmandalikni to‘n qilib kiyib olsin+.
30 Jon-jahdim bilan Yahovani sharaflayman,Ko‘p xalqlar orasida Unga hamd-u sano aytaman+.
31 Chunki U bechora kishining o‘ng tomonida turadi,Uni ayblayotganlarning qo‘lidan qutqaradi.