Zabur 34:1-22

  • Yahova xizmatchilarini qutqaradi

    • «Uning ismini ko‘klarga ko‘taraylik» (3)

    • «Yahovaning farishtasi qutqaradi» (7)

    • «Totib ko‘r, shunda Yahova yaxshi ekanini bilib olasan» (8)

    • Hech bir suyagi sindirilmaydi (20)

Abumalek* oldida o‘zini jinnilikka solib+, uning huzuridan quvilganda Dovudning aytgan sanosi. א [Alef] 34  Har doim Yahovani maqtayman,Tinmay Unga hamd-u sano aytaman. ב [Bet]   Men Yahova bilan maqtanaman+,Kamtar* kishi buni eshitib quvonadi. ג [Gimel]   Menga qo‘shilib Yahovani ulug‘lang+,Keling, birgalikda Uning ismini ko‘klarga ko‘taraylik. ד [Dalet]   Men Yahovaga ibodat qildim va U menga javob berdi+. U barcha qo‘rquvlarimdan meni xalos etdi+. ה [Xe]   Unga ko‘z tikkanlarning chehrasidan nur yog‘ilib turadi,Yuzlari shuvut bo‘lmaydi. ז [Zayin]   Bu bechora inson Yahovani chaqirganida, U eshitdi. Uni barcha qayg‘ularidan xalos qildi+. ח [Xet]   Yahovaning farishtasi Undan qo‘rqadiganlar atrofida qarorgoh qurib+,Ularni qutqaradi+. ט [Tet]   Totib ko‘r, shunda Yahova yaxshi ekanini bilib olasan+,Unda panoh topgan inson baxtlidir. י [Yod]   Ey, Yahovaning muqaddas kishilari, Undan qo‘rqing!Chunki Undan qo‘rqqanlar muhtojlik ko‘rmaydi+. כ [Kaf] 10  Hatto baquvvat yosh sherlar ham och qoladi,Ammo Yahovani izlaydiganlar yaxshilikdan quruq qolmaydi+. ל [Lamed] 11  Keling, o‘g‘illarim, menga quloq soling,Sizlarga Yahovadan qo‘rqishni+ o‘rgataman. מ [Mem] 12  Orangizdan kim hayotdan mamnun bo‘lib yashashni,Yaxshi kunlarni ko‘rishni istaydi?+ נ [Nun] 13  Bunday kishi tilini yomonlikdan+,Og‘zini yolg‘on gapirishdan tiysin+. ס [Samex] 14  Yomonlikdan qaytib, yaxshilik qilsin+,Tinchlikni qidirib, uning payida bo‘lsin+. ע [Ayin] 15  Yahovaning ko‘zlari odil kishilarni ko‘radi+,Quloqlari esa yordam so‘rab iltijo qilganlarni eshitadi+. פ [Pe] 16  Biroq yomonlik qiluvchilardan Yahova yuz o‘giradi,Ular haqidagi xotirani yer yuzidan o‘chirib tashlaydi+. צ [Sade] 17  Odil kishilar faryod qiladi va Yahova ularni eshitadi+,U barcha qayg‘u-alamlaridan ularni xalos etadi+. ק [Qof] 18  Yahova qalbi o‘ksiganlarga yaqindir+,Ruhan ezilganlarni U qutqaradi+. ר [Resh] 19  Odil kishi ko‘p qiyinchiliklarga duch keladi+,Ammo Yahova ularning baridan uni xalos qiladi+. ש [Shin] 20  Uning barcha suyaklarini saqlaydi,Ulardan hech biri sindirilmaydi+. ת [Tav] 21  Yovuz falokatdan halok bo‘ladi,Odil kishidan nafratlanganlar gunohkor deb topiladi. 22  Yahova O‘z xizmatchilarining hayotini* saqlab qoladi,Unda panoh topganlarning hech biri aybdor deb topilmaydi+.

Izohlar

Ehtimol, shoh Oxishga berilgan unvon. Ibt 20:2 dagi izohga q.
Yoki «Muloyim, beozor».
Yoki «jonini».