Zabur 4:1-8
Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Torli asboblar jo‘rligida. Dovud sanosi.
4 Chaqirganimda menga javob ber, ey, odil Tangrim+.
Boshimga kulfat tushganda qutulib qolishimga imkon ber.
Menga iltifot ko‘rsatib ibodatimni tingla.
2 Ey insonlar, qachongacha obro‘yimni poymol qilasiz?
Qachongacha befoyda narsalarni sevib, yolg‘onni izlaysiz? (Sela)
3 Bilib qo‘ying, Yahova O‘ziga sodiq bo‘lganlarga yaxshi muomala qiladi*.Yahova iltijoimni eshitadi.
4 G‘azablanganda gunoh qilmang+.
To‘shagingizga yotganda, qalbingizni to‘kib soling-da, sukut saqlang. (Sela)
5 Allohga to‘g‘ri niyat ila qurbonliklar keltirib,Yahovaga tayaning+.
6 Ko‘plar: «Kim tufayli yaxshi kunlarni ko‘ramiz?» — deyapti.
Yuzingdan taralayotgan nurni ustimizga soch, ey Yahova!+
7 Don hosili va yangi sharobi mo‘l bo‘lganlar quvonadi.Mening qalbimni esa bundan-da ko‘proq quvonchga to‘ldirding.
8 Men yotaman-da, tinchgina uxlayman+.Zero tanho Sen, ey Yahova, turar joyimni bexatar qilasan+.
Izohlar
^ Yoki «O‘ziga sadoqatli bo‘lganlarni taniydi; O‘zi uchun ajratib qo‘yadi».