Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

139-QO‘SHIQ

Yangi dunyoga sayr etaylik

Yangi dunyoga sayr etaylik

(Vahiy 21:1–5)

  1. 1. Hamroh bo‘ling bugun menga,

    Xayolan sayr etaylik jannatga.

    Ushbu go‘sha sokin erur,

    Chin erkinlik u hadya qilur.

    Barham topdi alam-qayg‘u,

    Turgay Yahning Shohligi mangu.

    Endi hayotni boshlaymiz yangitdan

    Va madh etamiz Allohni butun qalbdan:

    (NAQAROT)

    «Yangi dunyoni, Tangri, yaratding,

    Cheksiz erur betakror ishlaring.

    Loyiqsan sharafga, ehtirom-u madhga,

    Ming-ming rahmatlar aytamiz, yo Rab, Senga».

  2. 2. Hamroh bo‘ling bugun menga,

    Nigoh soling bu yangi dunyoga.

    Ro‘yi zamin orom topdi,

    Qo‘rquv ismi qalblardan o‘chdi.

    Yah O‘z ahdin bajo qildi,

    Xalqi ichra U chodir qurdi.

    O‘lgan insonlar uyqudan turganda,

    Unga sanolar kuylagaymiz jo‘rlikda:

    (NAQAROT)

    «Yangi dunyoni, Tangri, yaratding,

    Cheksiz erur betakror ishlaring.

    Loyiqsan sharafga, ehtirom-u madhga,

    Ming-ming rahmatlar aytamiz, yo Rab, Senga».