Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

68-QO‘SHIQ

Shohlik urug‘ini sepaylik

Shohlik urug‘ini sepaylik

(Matto 13:4–8)

  1. 1. Iso-la birga qatnashgaymiz

    Alloh topshirgan xizmatda.

    Bizga u madad baxsh etgaydir,

    Berib yo‘l-yo‘riq har damda.

    Albatta o‘sgay Shohlik urug‘i

    Mo‘min va rostgo‘y qalblarda.

    Shunga shijoat-la yoyib xabarni,

    Jonkuyar bo‘lamiz bu ishda.

  2. 2. Ko‘pincha bizga ham bog‘liqdir

    Tashna insonning o‘sishi.

    Unga chin dildan qo‘l cho‘zgaymiz,

    Birga o‘rganib Kalomni.

    Bo‘lgaymiz mudom uning oldida

    Yaxshi va yomon kunida.

    To‘lgaymiz cheksiz quvonchga va baxtga,

    Bu urug‘ o‘sganin ko‘rganda.

(Shuningdek, Mat. 13:19–23; 22:37 ga qarang.)