XAYR-EHSONLAR QAY YO‘SIN SARFLANADI?
Videokonferensiya orqali jamoat yig‘ilishlari
2020-yil 26-IYUN
Butun dunyodagi ko‘p hukumatlar tomonidan o‘zaro masofa saqlash talab etilib, odamlar birgalashib yig‘ilishi mumkin emas. Yahovaning Shohidlari bu borada hukumatlarga bo‘ysunishga qaror qilishdi. Ammo shu bilan birga xavfsiz tarzda yig‘ilib Xudoga topinish usulini topishdi. Uchrashuvlarni o‘tkazish maqsadida jamoatlar Zoom kabi videokonferensiya ilovasidan foydalanishyapti.
Yig‘ilishlarimiz muntazam ravishda o‘tishi uchun Yetakchi kengash jamoatlar uchun Zoom ilovasini xarid qilish maqsadida xayr-ehsonlardan foydalanishni ma’qulladi. Ilgari ba’zi jamoatlarda uni sotib olishga imkoni bo‘lmagan, chunki 15–20 dollarda (AQSH) bo‘lgan narx ham ular uchun juda qimmat edi. Shu sababli, o‘sha jamoatlar odatda bepul ilovalardan foydalanishardi. Lekin ularning yordamida faqat sanoqli odam ulana oladi va ular uncha xavfsiz emas. Endi esa, jamoatlar tashkilotimiz taqdim etgan Zoom hisob qaydlaridan foydalana oladi. Bu qaydlar yordamida barcha jamoatlar xavfsiz tarzda osonlikcha ko‘p odamlar bilan birga ulana olyapti. Shu yo‘sin, 170 dan ziyod mamlakatlardagi 65 000 dan oshiq jamoatlar ulardan foyda ko‘ryapti.
Manado shahridagi (Sulavesi orolining shimoli, Indoneziya) «Kayragi» jamoati bepul videokonferensiya ilovasini qo‘llamay qo‘ydi va tashkilot taqdim etgan Zoom ilovasidan foydalanyapti. Birodar Xadi Santoso shunday deb bo‘lishdi: «Hatto elektron qurilmalarni ishlatishni bilmagan birodar-u opa-singillar ham hozir jamoat yig‘ilishlariga bemalol ulanishyapti. Bitta uchrashuv paytida qayta-qayta ulanishning keragi yo‘q. Ular juda xursand».
Guayakildagi (Ekvador) bir jamoatda xizmat qilayotgan Lester Xixon ismli oqsoqol quyidagilarni aytdi: «Ko‘p birodar-u opa-singillarimizning moddiy ahvoli uncha yaxshi emas. Butun jamoat a’zolari ulanishiga yo‘l qo‘yish uchun ba’zi jamoatlar Zoom ilovasini pulga sotib ololmasdi. Tashkilotimizga ming rahmat, hozir Zoom ilovasidan foydalanish uchun qaydlarimiz bor, bu tufayli ko‘pgina odamlar ulana olyapti. Bog‘lanish mumkin bo‘lgan odam sonidan chiqib ketamiz, deb qo‘rqmayapmiz. Bu boshqalarni ham jamoat yig‘ilishlariga taklif qilishga imkon beryapti».
Lusakadagi (Zambiya) «Ngverere Nort» jamoatida oqsoqol bo‘lib xizmat qilayotgan Jonson Mvanza shunday deb yozdi: «Birodar-u opa-singillarimiz Zoom orqali nafaqat o‘zaro yanada yaqin bo‘ldik, balki Yahova bizni yaxshi ko‘rishini va g‘amxo‘rlik qilayotganini his etyapmiz, deb aytishyapti».
Tashkilotimiz bu videokonferensiya uchun tabiiy ofatlardan jabr ko‘rganlarga yordam berishga atalgan xayr-ehsonlardan foydalanmoqda. Bu mablag‘ umumjahon ishiga xayr-ehson qilinadi. Ushbu xayr-ehsonlarning aksariyati donate.mr1310.com sayti orqali qilinadi. Butun dunyo bo‘ylab yordamga muhtoj bo‘lgan imondoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun hissa qo‘shayotgan saxiy xayr-ehsonlaringiz uchun katta rahmat. (2 Korinfliklarga 8:14)