Muqaddas Yozuvlardagi kitoblarning ta’rifi
Ushbu qisqacha videodarslarda Muqaddas Yozuvlardagi kitoblarning kelib chiqishi va mazmuni borasida qimmatbaho ma’lumotlar mavjud. Mazkur darslardan Muqaddas Kitob mutolaasini va shaxsiy tadqiqni yaxshilash maqsadida foydalaning.
Ezra kitobining ta’rifi
Yahova O‘z xalqini Bobil asirligidan ozod qilish haqidagi va’dasini bajargan va Quddusda haq topinishni tiklagan.
Naximiyo kitobining ta’rifi
Naximiyo kitobida bugungi kundagi haq topinuvchilar uchun muhim saboqlar mujassam.
Ester kitobining ta’rifi
Esterning zamonasidagi voqyealar Alloh Yahova O‘z xalqini bugungi kunda qiyinchiliklardan xalos etishga qodir ekanligiga bo‘lgan ishonchingizni mustahkamlaydi.
Ayub kitobining ta’rifi
Yahovani yaxshi ko‘rganlarning boshiga sinov tushadi. Ayub kitobi benuqsonligimizni saqlay olishimizga va Yahovaning hukmdorligini qo‘llab-quvvatlashimizga bo‘lgan ishonchimizni mustahkamlaydi.
Zabur kitobining ta’rifi
Zabur kitobi Yahovaning hukmdorligini qo‘llab-quvvatlaydi, Yahovani yaxshi ko‘rganlarga yordam va tasalli beradi hamda Masihiy Shohlik orqali yer yuzi qay yo‘sin jannatga aylanishini ko‘rsatadi.
Hikmatlar kitobining ta’rifi
Hikmatlar kitobidan hayotimizning deyarli har sohasi, ish yuritishdan tortib to oila masalalarigacha bo‘lgan ilohiy yo‘l-yo‘riqlarni bilib oling.
Voiz kitobining ta’rifi
Shoh Sulaymon hayotda nima muhimligini va ilohiy donolikka zid bo‘lgan narsalarni aytib beradi.
Go‘zal qo‘shiq kitobining ta’rifi
Shunamlik qizning cho‘pon yigitga nisbatan so‘nmas sevgisi «lovullagan alangadaydir». Nega?
Ishayo kitobining ta’rifi
Ishayo kitobi —Yahova va’dalarning Bajarguvchisi hamda Najotkorimiz ekanligiga bo‘lgan ishonchingizni mustahkamlay oladigan aniq bashoratlar kitobidir.
Yeremiyo kitobining ta’rifi
Yeremiyo qiyinchiliklarga qaramay sadoqat ila o‘z vazifasini bajargan. Uning misoli bugungi kundagi masihiylarga qanday o‘rnak bo‘la olishi haqida o‘ylang.
Yeremiyoning marsiyasi kitobining ta’rifi
Yeremiyo payg‘ambar tomonidan yozilgan Yeremiyoning marsiyasi kitobida Quddusning vayron qilinishi tufayli g‘am-g‘ussaga botish ifodalangan va qay yo‘sin tavba Allohning mehr-shafqatiga yetaklashi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Hizqiyo kitobining ta’rifi
Xudo topshirgan vazifa nechog‘li mushkul bo‘lmasin, Hizqiyo uni kamtarlik va jasorat ila bajardi. Uning misoli bugungi kunda biz uchun ham foydalidir.
Doniyor kitobining ta’rifi
Doniyor va uning do‘stlari har qanday vaziyatlarda ham Yahovaga sodiq qolishgan. Ularning o‘rnagi va bashoratning ijobat bo‘lishi hozirda, oxirgi kunlarda, bizga foydali bo‘lishi mumkin.
Ho‘sheya kitobining ta’rifi
Ho‘sheyaning kitobida Yahova tavba qilgan gunohkorlarga rahm-shafqat qilishi va Unga ma’qul bo‘lgan topinish borasida muhim saboqlar mavjud.
Yo‘el kitobining ta’rifi
Yo‘el yaqinlashib kelayotgan «Yahovaning kuni» haqida bashorat qilgan va najot topish yo‘li haqida aytib o‘tgan. Uning bashorati bugungi kunda muhim ahamiyatga ega.
Amos kitobining ta’rifi
Yahova muhim ishni amalga oshirish uchun ushbu kamtar insondan foydalangan. Amosning misolidan qanday qimmatli saboqlar olishimiz mumkin?
Yunus kitobining ta’rifi
Payg‘ambar tanbehni qabul qilgan, vazifasini bajargan va Xudoning mehr-sadoqati va rahm-shafqatidan saboq olgan.
Mixo kitobining ta’rifi
Ilohiy ilhom ostida yozilgan bashorat Yahova bizdan faqat oqilona va foydali narsalarni so‘rashiga bo‘lgan ishonchimizni mustahkamlashi mumkin.
Noxum kitobining ta’rifi
Mazkur bashorat Yahova O‘z va’dasini doimo bajarishiga va Uning Shohligi ostida tinchlik hamda najot izlaganlarga tasalli berishiga bo‘lgan ishonchimizni oshiradi.
Matto kitobining ta’rifi
Muqaddas Kitobning ushbu qismini, ya’ni Injilning birinchi kitobini tadqiq qilishdan zavq oling.
Mark kitobining ta’rifi
Injil tarkibidagi eng qisqa bayonot bo‘lgan Mark kitobi kelajakda Iso Xudo Shohligining Shohi sifatida qiladigan ishlari bilan tanishtiryapti.
Luqo kitobining ta’rifi
Luqo bayonotida qanday noyob ma’lumot bor?
Yuhanno kitobining ta’rifi
Yuhannoning bayonotida Isoning odamzodga bo‘lgan sevgisi va kamtarlikda qoldirgan o‘rnagi ko‘rsatilgan. Shuningdek, bu bayonot Isoni Masih va Xudo Shohligining bo‘lajak Shohi sifatida tasvirlaydi.
Sizni qiziqtirishi mumkin
KITOBLAR VA RISOLALAR
Muqaddas Kitobda qanday xabar yozilgan?
Muqaddas Kitobning asosiy xabari qanday?