Masihga oid bashoratlar Isoda amalga oshganmi?
Muqaddas Kitob asosida javob
Ha, Iso yer yuzida bo‘lganida «Yo‘lboshchi bo‘lmish Masih», ya’ni «dunyo qutqaruvchisi» bo‘ladigan kishi haqidagi ko‘plab bashoratlar unda amalga oshgan. (Doniyor 9:25; 1 Yuhanno 4:14) Hatto Iso o‘lganidan keyin ham Masihga oid bashoratlar unda amalga oshishda davom etgan. (Zabur 110:1; Havoriylar 2:34–36)
«Masih» so‘zi nimani anglatadi?
Ibroniycha «mashiax», yunoncha «xristos» so‘zlari «moylangan» degani. Demak, Iso Masih iborasi Iso «moylanganini» anglatadi.
Muqaddas Kitob yozilgan vaqtlarda insonga o‘zgacha vakolat berilganda uni moylashgan, ya’ni boshiga moy quyishgan. (Levilar 8:12; 1 Shohlar 16:13) Alloh Isoni Masih qilib tayinlab, unga katta hokimiyat ato etgan. (Havoriylar 2:36) Biroq Xudo Isoni moy bilan emas, muqaddas ruh bilan moylagan. (Matto 3:16)
Masihga oid bashoratlar boshqa kishilarda ham amalga oshgan bo‘lishi mumkinmi?
Yo‘q. Barmoq izlari faqat bitta insonga tegishli bo‘lganidek, Muqaddas Kitobdagi bashoratlar ham birgina Masihga ishora qiladi. Muqaddas Kitobda shunday ogohlantiruvchi so‘zlar bor: «Ko‘pgina soxta Masihlar va soxta payg‘ambarlar paydo bo‘lib, iloji bo‘lsa hatto tanlanganlarni ham yo‘ldan ozdirish niyatida buyuk alomatlar-u mo‘jizalar ko‘rsatishadi». (Matto 24:24)
Masih hali kelmagan degan da’vo to‘g‘rimi?
Yo‘q. Muqaddas Kitobda Masih Isroil shohi Dovudning zurriyotidan kelib chiqishi bashorat qilingan edi. (Zabur 89:3, 4) Lekin milodiy 70-yili rimliklar Quddusni bosib olganida yahudiylarning Dovudgacha bo‘lgan nasabnomasi yo‘q qilingan bo‘lishi mumkin a. O‘sha vaqtdan buyon hech kim o‘zining shoh Dovud naslidan kelib chiqqanini isbotlay olmaydi. Isoning davrida esa bu nasabnomalar hali bor edi. Shu sababli hatto dushmanlari ham Isoning Dovud zurriyotidan kelib chiqqanini inkor eta olishmagan. (Matto 22:41–46)
Muqaddas Kitobda Masihga oid qancha bashorat bor?
Muqaddas Kitobdagi Masihga oid bashoratlarning sonini aniqlash imkonsiz. Hatto qaysidir parcha Masihga oid ekani aniq bo‘lib ko‘rinsa-da, bu parchada qancha bashorat borligi to‘g‘risida turli xil fikrlar mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, Ishayo 53:2–7 oyatlarida Masihga tegishli bashoratning bir nechta tafsiloti yozilgan. Ayrimlar butun bu parchani bitta bashorat deb hisoblasa, boshqalar undagi har bir tafsilotni alohida bashorat deb bilishi mumkin.
Isoda amalga oshgan Masihga oid ayrim bashoratlar
Bashorat |
Yozilgan oyat |
Amalga oshishi |
---|---|---|
Ibrohimning zurriyoti |
||
Ibrohimning o‘g‘li Is’hoqning zurriyoti |
||
Yahudo qabilasidan kelib chiqadi |
||
Shoh Dovudning naslidan kelib chiqadi |
||
Bokira qizdan tug‘iladi |
||
Baytlahmda tug‘iladi |
||
Ismini Immanuil qo‘yishadi b |
||
Hayoti kamtarin sharoitda boshlanadi |
||
Tug‘ilganidan keyin bolalar o‘ldiriladi |
||
Misrdan chaqirib olinadi |
||
U nosiralik deb atalgay c |
||
Undan avval xabarchi yuboriladi |
||
Milodiy 29-yilda u Masih bo‘ladi d |
||
Xudo uni O‘g‘lim deb ataydi |
||
Xudoning uyiga bo‘lgan rashkini ko‘rsatadi |
||
Xushxabarni e’lon qiladi |
||
Jaliladagi xizmati ulug‘ bir nur misoli bo‘ladi |
||
Muso kabi mo‘jizalar yaratadi |
||
Muso kabi Xudoning so‘zlarini yetkazadi |
||
Kasallarni davolaydi |
||
O‘ziga e’tibor qaratmaydi |
||
U ezilganlarga mehr-shafqat ko‘rsatadi |
||
Xudoning adolatini o‘zida aks ettiradi |
||
Dono maslahatchi |
||
Yahovaning ismini e’lon qiladi |
||
Masallar keltirib gapiradi |
||
Yo‘lboshchi |
||
Ko‘pchilik unga ishonmaydi |
||
Boshqalar uchun qoqilib ketadigan tosh bo‘ladi |
||
Odamlar tomonidan rad etiladi |
||
Undan besabab nafratlanishadi |
||
Xo‘tikda Quddusga tantanavor ravishda kirib keladi |
||
Bolalar unga madhlar aytadi |
||
Yahovaning nomidan keladi |
||
Yaqin do‘sti unga xiyonat qiladi |
||
O‘ttiz kumush tangaga sotiladi e |
||
Do‘stlari uni tashlab ketishadi |
||
Soxta guvohlar unga qarshi ko‘rsatma berishadi |
||
Ayblovchilariga javob qaytarmaydi |
||
Uning yuziga tupurishadi |
||
Uning boshiga urishadi |
||
Uni qamchilashadi |
||
Uni urishganda qarshilik ko‘rsatmaydi |
||
Amaldorlar birlashib unga qarshi chiqadi |
||
Qo‘l-oyoqlariga mix qoqib, ustunga osishadi |
||
Kiyimlari uchun qur’a tashlanadi |
||
Gunohkorlar qatorida sanaladi |
||
Uni mazax qilib, haqoratlashadi |
||
Gunohkorlar uchun azob chekadi |
||
Xudo uni tashlab qo‘yganday ko‘rinadi |
||
Unga sirka va achchiq narsa ichirmoqchi bo‘lishadi |
||
O‘lishidan oldin chanqaydi |
||
Hayotini Xudoga ishonib topshiradi |
||
Jonini fido qiladi |
||
Gunohni bartaraf etish uchun to‘lov beradi |
||
Suyaklari sindirilmaydi |
||
Badani teshiladi |
||
Boylar bilan birga qabrga qo‘yiladi |
||
Tiriladi |
||
Unga xiyonat qilganning o‘rnini boshqasi egallaydi |
||
Xudoning o‘ng tomonida o‘tiradi |
a Bir ensiklopediyada shunday deyilgan: «Yahudiylarning qabila va oila nasabnomalari Quddus vayron qilinganida yo‘q qilingani shubhasiz. Undan oldin bo‘lishi mumkin emas». («McClintock and Strong’s Cyclopedia»)
b Ibroniycha Immanuil ismi «Alloh biz bilan» degan ma’noga ega bo‘lib, Isoning Masih sifatidagi vazifasini yaxshi ifodalaydi. Isoning yer yuzidagi hayoti va insonlar uchun qilgan ezgu ishlari Alloh O‘z xizmatchilari bilan ekanini tasdiqlardi. (Luqo 2:27–32, 7:12–16)
c «Nosiralik» so‘zi «nihol» deb o‘girilgan ibroniycha «netsyer» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
d Masihning kelish yili sifatida milodiy 29-yilga ishora qilayotgan Muqaddas Kitob xronologiyasi to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Doniyor payg‘ambarning «Masih kelishi haqidagi bashorati» nomli maqolaga qarang.
e Bu bashorat Zakariyo kitobida yozilgan, lekin Matto bashorat «Yeremiyo payg‘ambar orqali aytilgan» degan. (Matto 27:9) Aftidan Muqaddas Yozuvlarda Yeremiyo kitobi tartib bo‘yicha «payg‘ambarlar kitoblari» orasida birinchi turgan. (Luqo 24:44) Matto «Yeremiyo payg‘ambar» orqali deganda Zakariyo kitobini ham o‘z ichiga oluvchi payg‘ambarlar kitoblari to‘plamini nazarda tutganga o‘xshaydi.