«Qo‘limdan kelganini qilyapman»
Germaniyada yashovchi Irmaning yoshi taxminan 90 da. Ikkita jiddiy halokatdan so‘ng u bir necha marta operatsiya qilingani uchun ilgarigidek uyma-uy xizmat qila olmaydi. Irma opamiz boshqalarga e’tiqodi haqida aytish niyatida qarindosh-u tanish-bilishlariga xatlar yozadi. Bu opamiz yaqinlari hayotdan ko‘z yumgan kishilarga ta’ziya bildirib xatlar yozadi va tasalli beradi. Xatlar olgan odamlar bizga yana yozing deb istak bildiradi. Qolaversa, Irma opamiz minnatdorlik bildirilgan xatlar oladi. U shunday dedi: «Bularning bari meni quvontirib, ma’naviy jihatdan faol qolishimga hissa qo‘shadi».
Irma shuningdek, yoshi ulug‘ ko‘pgina insonlarga xatlar yozadi. Opamiz quyidagicha bo‘lishdi: «Xo‘jayini hayotdan ko‘z yumgan yoshi ulug‘ bir ayol qo‘ng‘iroq qilib, mendan olgan xat dalda baxsh etganini aytdi. Bu xatni Muqaddas Kitobining ichiga solib qo‘yib, oqshomlari tez-tez uni o‘qib turar ekan. Yana bir ayolning eri yaqinda hayotdan ko‘z yumgan edi. Uning aytishicha, men unga yuborgan xat ruhoniyning nutqidan ko‘ra ko‘proq yordam beribdi. Bu ayolning anchagina savollari bor ekan va u men bilan ko‘rishishni so‘radi».
Irmaning boshqa joyga ko‘chib ketgan tanishi unga xat yozishini so‘rabdi. «Bu ayol hamma xatlarimni saqlab qo‘ygan ekan. Vafotidan keyin, uning qizi menga qo‘ng‘iroq qildi. Onasiga yuborgan barcha xatlarimni o‘qib chiqqanini aytib, unga ham Muqaddas Kitob asosida xatlar yuborishimni so‘radi»,— dedi Irma opamiz.
Bu opamiz xizmatidan zavq topyapti. U shunday dedi: «Yahovaga ibodat qilib, xizmatimni davom ettira olishim uchun kuch ato etishini iltijo qilaman. Garchi, ilgarigiday uyma-uy xizmat qila olmasam-da, qo‘limdan kelganini qilyapman».